date
views 1 944

Amin Ergashevning EFC chempionlik kamari uchun jangi qachon bo‘ladi? Habib Nurmagomedov javob berdi

Amin Ergashevning EFC chempionlik kamari uchun jangi qachon bo‘ladi? Habib Nurmagomedov javob berdi
Xabaringiz bor, kecha Qozon shahrida Habib Nurmagomedovga qarashli bo‘lgan EFC promousheni o‘zining navbatdagi turnirini o‘tkazdi.

Unda og‘ir vazn toifasidagi vakilimiz Amin Ergashev promoushenning o‘ziga xos Gran-Prisida Alan Makitovni 1-raundda nokautga uchratdi. Gran-Pri haqida to‘xtalsak, promoushenning kuchli to‘rtta og‘ir vazn toifasidagi jangchilari yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, Amin Ergashev-Alan Makitov hamda Vladimir Dayneko –Entoni Xamilton qarama-qarshiligi g‘oliblari o‘zaro EFC chempionlik kamari uchun jang qilishlari kerak, bo‘lardi.

Ikkinchi juftlikda Vladimir Dayneko ham birinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alabaga erishdi. Endi final jangida, ya’ni chempionlik uchun yurtdoshimiz Amin Ergashev hamda Vladimir Dayneko jang qilishi lozim.

Aynan ushbu jang borasida promoushen prezidenti Habib Nurmagomedov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ular jang qilishlari kerak. Chunki amaldagi chempion Rizvan Kuniyev “Contender Series” turnirida ishtirok etadi va g‘alaba qozonsa, u UFC bilan shartnoma tuzadi. Tabiiyki, EFC chempionlik kamarini vakant qoldiradi.

"Biz bu jangni (Ergashev-Dayneko o‘rtasidagi) 11 dekabr kuni Dubayda o‘tkazmoqchimiz. Bu borada muzokaralar olib bormoqdamiz (Dubaydagi turnir borasida). Yakuniy qarorni ikki xaftadan keyin ma’lum qilamiz
”, - dedi Nurmagomedov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Amin Ergashevning EFC chempionlik kamari uchun jangi qachon bo‘ladi? Habib Nurmagomedov javob berdi