JCH saralash. Afrika. Ektor Kuper jamoasi ikki bor durang o‘ynadi

JCH saralash. Afrika. Ektor Kuper jamoasi ikki bor durang o‘ynadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper ayni paytda Afrikada faoliyat olib bormoqda.
Ushbu murabbiy boshqarayotgan Kongo DR terma jamoasi JCH saralash bahslarida hozircha ikkita o‘yinda maydonga tushdi. Va ikkala bahs ham 1:1 hisobida yakun topdi. Kongoliklar dastlab uyda Tanzaniya, so‘ngra safarda Benin bilan durang qayd etishdi.

Afrikada JCH saralash ikkinchi bosqich o‘yinlariga start berildi. Jamoalar 10ta guruhga bo‘lingan holda kurash olib boryapti. Musobaqa formatiga ko‘ra, har bir guruhdan bittadan jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi. Kongo DR o‘z guruhida 2 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Ektor Kuper jamoasi keyingi ikkita turni uyda va safarda Madagaskarga qarshi o‘tkazadi.
JCH saralash. Afrika. Ektor Kuper jamoasi ikki bor durang o‘ynadi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar