20:36 / 08.09.2021
2 440

Timur Kapadze: "O‘yinni cho‘zish holatlari futbolimiz o‘sishiga salbiy ta’sir qiladi"

Timur Kapadze: "O‘yinni cho‘zish holatlari futbolimiz o‘sishiga salbiy ta’sir qiladi"
Pro liganing 17-turidan o‘rin olgan "Olimpik" - "Xorazm" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlarini bildirib o‘tdi.
"To‘g‘risini aytganda birinchi bo‘limda biroz qiynaldik. Ikki jamoa ham tetik edi. "Xorazm" yaxshi himoyalandi, deya olaman. Bizning futbolchilarga bunday paytda tezroq o‘ynashi kerakligi aytilgandi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimizni to‘g‘irladik. Harakatlariga tezlik qo‘sha olishdi. Standart vaziyatda diqqatimizni yo‘qotdik. Mashg‘ulotlarda bu borada ko‘p ishlaymiz. Qanday harakat qilish kerakligini tushuntiramiz. Imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Qayerdadir yoshlik qilishyapti. Tajriba yetishmayapti. To‘g‘ri xulosa chiqarib navbatdagi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz",- deydi Timur Kapadze.

- Mavsum boshida jamoa yaxshi start oldi. Chempionat oxirlariga kelib qandaydir spad bordek ko‘rinmoqda. O‘yinda ham, natijada ham bu o‘z so‘zini aytyapti. Balki yosh futbolchilarda balans yo‘qligi uchundir yoki tajriba yetishmayapti?
- Bunday bo‘lishini bilar edik. Yoshlardan iborat jamoada barqarorlik bo‘lmasligi tabiiy. Qerdadir pasayish yuz beradi. Jismoniy tomondan yaxshi. Balki ruhiy, o‘ziga bo‘lgan ishonch yetishmasligidandir. Bunday o‘yinlar bizni yanada kuchliroq qiladi. Alamlisi bitta standart vaziyatdan gol o‘tkazib yubordik. "Xorazm"da deyarli boshqa vaziyat bo‘lmadi. Maqsadimizni olib qarasak biz to‘g‘ri yo‘ldamiz.

- Superligada faoliyat olib borgansiz. Endilikda Pro liga jamoasini boshqaryapsiz. O‘yin sifatini olib qaraganda ikki liganing o‘rtasida farq bormi?
- Birinchi o‘rinda tashkilotchilik, maydon masalasida kamchiliklar ko‘zga tashlandi. "Aral Samali", "Xorazm", "Neftchi"ning maydoni unchalik emas. Bizda ham birinchi davraga qaraganda maydonimiz chimi sifati yomonlashdi. Shuningdek tarkiblar. "Neftchi", "Buxoro", "Dinamo" oldiga aniq maqsad qo‘ygan. Tarkibida ham Superliga darajasidagi futbolchilar bor. Superligada kuchli jamoalar ko‘proq. O‘yin tomonlama farq seziladi. Qolgan klublar kurash, natijadan kelib chiqib o‘ynashmoqda. O‘yin cho‘zishlar ko‘paygan. Bunga hakamlar ham yo‘l qo‘yishyapti. Bunday narsalar futbolni o‘sishini to‘xtatib qo‘ymoqda. Qaysidir ma’noda bizda ham ayb bor.

- "Olimpik"ning oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilganmi? Agarda elitaga chiqsa ishtirok eta oladimi?
- Buni vaqt ko‘rsatadi. Hozirda barchada imkoniyatlar teng. Maqsadimiz bor. Bu albatta yaxshi. Oldinda bitta tur bor. Shundan so‘ng to‘rttalikka ajratilgach yana bir-birimiz bilan to‘qnash kelamiz. Vazifamiz Superligaga chiqish.

- Temur Mamasidiqovning zaxiradan maydonga tushishi jarohati bilan bog‘liqmi?
- Yo‘q, bunga jarohat sabab emas. Ozgina o‘yinida pasayish bor edi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirishni o‘ylagandim. Tajribaliroq futbolchi bo‘lganida yaratilgan vaziyatlardan foydalangan bo‘lardi. O‘tgan mavsum o‘rinbosarlar jamoasida to‘p tepib yurgan futbolchilar bu yil Pro ligada kuchli klublarga qarshi o‘ynamoqda.

- Futbolchilarda yulduzlik kasali yo‘qmi?
- Kasal bo‘lsa o‘ziga. Biz buni to‘g‘ri tushuntiramiz. Jamoamizda bo‘sh joy bo‘lmaydi. Raqobat doim bor. Uning o‘rnida to‘p tepgan Ruslan birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynay olmadi. Hayajonlandi menimcha. Zaxiradan qo‘shilganlar yomon to‘p tepmadi. "Xorazm" so‘nggi daqiqalarda o‘yinni cho‘zishga urindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "O‘yinni cho‘zish holatlari futbolimiz o‘sishiga salbiy ta’sir qiladi"