Foto: Sherzod Asadov.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tokioda o‘tgan XVI Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Marosimda parlament a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar, ustoz va murabbiylar qatnashmoqda.
Davlatimiz rahbari musobaqa ishtirokchilari, ularning timsolida butun xalqimizni O‘zbekiston terma jamoasining Paralimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan muborakbod etdi.
– Sizlarga olgan orden-medallaringiz, ko‘rsatgan jasorat va matonatlaringiz uchun katta rahmat aytaman. Hammamiz olis Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan XVI Paralimpiya o‘yinlarini katta hayajon va cheksiz faxr bilan kuzatib bordik. Barchangizga ma’lum, bu gal terma jamoamiz 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ana shu qimmatli 19 ta medalning 11 tasi, shijoatli sportchi qizlarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgani tariximizda misli ko‘rilmagan voqeadir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Paralimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz terma jamoasi 160 dan ziyod davlat o‘rtasida – o‘n oltinchi, Osiyo qit’asi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida – to‘rtinchi, Markaziy Osiyoda esa – birinchi o‘rinni egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video)
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi