21:17 / 10.09.2021
2 384

Superliga. "Paxtakor" yirik hisobda, "Bunyodkor" qiyin g‘alabaga erishdi

Superliga. "Paxtakor" yirik hisobda, "Bunyodkor" qiyin g‘alabaga erishdi
O‘zbekiston Superligasi 17-turi doirasidagi bugun bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuvlar yakunlandi. "Metallurg" maydoniga safar qilgan "Paxtakor" 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, Cheran hisobni ochgan bo‘lsa, Aziz Turg‘unboyev hamda Boyan Matich bir marotabadan o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu g‘alaba natijasida "sherlar" ochkolari sonini 47 taga yetkazib olgan holda, peshqadamlikni 17 ochkogacha mustahkamladi. "Metallurg" 16 ochko bilan 11-pog‘onada joylashgan.

"Metallurg" – “Paxtakor” 0:3
Gollar:
Dragan Cheran 29', Azizbek Turg‘unboyev 31', Boyan Matich 71'

"Metallurg": 1. Akmal Tursunboyev, 4. Odilbek Abdumajidov, 6. Xudoyshukur Sattorov, 8. Salamat Kuttiboyev ( 70. Muhammad Isayev, 82), 22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 28. Stanislav Andreyev (14.Abror Toshqo‘ziyev, 34), 30. Ibrohim Ibragimov (15. Zohid Abdullayev, 46), 48. Dilshod Rahmatullayev, 55. Akbarjon Ismatullayev, 80. Farruh Ibrohimov, 98. Damir Temirov (11. Ivan Nagayev, 65).
Zaxira: 99. Vladimir Vagin, 10.Shahzodbek Nurmatov, 25. Shahzodjon Ne’matjonov, 79.Bobir Davlatov, 90. Abdurahmon Abdulhaqov.

“Paxtakor”: 25.Eldor Suyunov, 3.Xojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Odil Hamrobekov (21.Abror Ismoilov, 81), 8.Azizbek Turg‘unboyev (17.Doston Hamdamov, 72), 10.Dragan Cheran, 11.Boyan Matich (9.Sherzod Temirov, 81), 23.Sherzod A’zamov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 28.Diyor Xolmatov (18.Hojimat Erkinov, 72), 34.Farruh Sayfiyev.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 14.Humoyunmirzo Iminov, 16.Marlen Chobanov, 19.Sharof Muhitdinov, 29.Vladimir Kozak.
Ogohlantirishlar: Zohid Abdullayev (47), Eldor Suyunov (47), Sherzod A’zamov (84), Xudoyshukur Sattorov (86).

Shuningdek, "Qo‘qon-1912"ni qabul qilgan "Bunyodkor" 2:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. "Qaldirg‘ochlar"ning gollari Lutfulla To‘rayev va Davron Ergashev tomonidan kiritildi, bunga mehmonlar safida Ivan Yosovich bir bor javob qaytardi.
Qiyin g‘alabaga erishgan "Bunyodkor" 28 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarildi. 9-pog‘onadagi qo‘qonliklar 20 ochko jamg‘argan.

"Bunyodkor" – "Qo‘qon-1912" 2:1
Gol:
Lutfulla To‘rayev 25, 1:0, Davronjon Ergashev 28, 2:0, Ivan Yosovich 42, 2:1

"Bunyodkor": 71. Sarvar Karimov, 4. Davronjon Ergashev, 6. Avazbek O‘lmasaliyev, 10. Xurshid G‘iyosov ( 17. Odiljon Abdurahmonov, 68), 11. Rasul Yo‘ldoshev ( 8. Sanjar Rashidov, 68), 13.Lutfulla To‘rayev, 14. Mirjahon Mirahmadov ( 22. Shahboz Erkinov, 79) 19. Nurillo To‘xtasinov, 26. Ulug‘bek Abdullayev (7. Farhod Mirahmatov 90+1), 30. Abdulla Abdullayev, 49. Ibrohim Tomiva.
Zaxira: 1. Ravshan Yagudin, 3. Dian Talxatov, 24. Bek Abdullayev, 34. Suhrob Izzatov, 35. Azizbek Pirmuxammadov.

"Qo‘qon-1912": 96. Islom Abdullayev, 5. Slavko Lukich, 8. Farhod Bekmurotov, 10. Shohnazar Norbekov (9. Hamidullo Abduhamidov, 73) 13. Sardorbek Azimov (7. Asadbek Sobirjonov, 46), 15. Oybek Rustamov, 20. Iqboljon Malikjonov (91. Yakuba Bamba, 73) 22. Muhammadanas Hasanov, 23. Aleksandr Merzlyakov (sardor) (19. Suhrob Berdiyev, 50), 33. Ivan Yosovich, 99. Andrey Sidorov (11. Mo‘minjon Meliyev, 46).
Zaxira: 46. Xurshid Xo‘jayev, 4. Ilhom Vahobov, 14. Avazxon Mamatxonov, 18. Anvar Hojimirzayev.
Ogoxlantirishlar: Sardor Azimov ("Qo‘qon-1912") 22, Farhod Bekmurodov ("Qo‘qon-1912") 36, Yakuba Bamba ("Qo‘qon-1912") 88.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Paxtakor" yirik hisobda, "Bunyodkor" qiyin g‘alabaga erishdi