
Amerika ochiq chempionati - «US Open»da erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Novak Jokovich va Daniil Medvedev kortga chiqdi.
Ushbu bellashuvda rossiyalik tennischi uchala setda ham bir xil - 6:4 hisobida g‘alabaga erishdi. Ushbu g‘alaba orqali Medvedev «katta dubulg‘a» turnirlaridagi ilk titulini qo‘lga kiritdi.
O‘z navbatida, Novak Jokovich tarixiy rekordni takrorlash imkoniyatidan mosuvo bo‘ldi. Mavsum davomida «Australian Open», «Rolan Garros» va Uimbldon turnirlarida g‘alabaga erishgan serbiyalik dunyoning birinchi raketkasi Amerika ochiq chempionatini ham qo‘lga kiritgan taqdirda, afsonaviy tennischi Rod Leverning 1962 va 1969 yillarda o‘rnatgan rekordini takrorlashi mumkin edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar