Bugun Pro liga II bosqichiga jonli efirda qur’a tashlanadi

Xabaringiz bor, 12 sentabr kuni Pro ligada 18-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Ayni vaqtga kelib Coca-Cola Superliga yo‘llanmasi uchun kurashuvchi 4 ta jamoa alohida ajralib chiqdi. Bular – “Neftchi”, “Dinamo”, “Buxoro” va “Olimpik”. Shuningdek, “Xorazm”, “Yangiyer”, “Aral Samali” hamda “Sho‘rtan” jamoalarining quyi to‘rtlikdan joy olishi oydinlashdi.
“2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar Reglamenti”ga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda ko‘rsatib o‘tilganidek, 18-turdan so‘ng jadval teng ikki qismga bo‘linadi (ikki klub musobaqani muddatidan avval tark etgani inobatga olingan holda). Bunda yuqori to‘rtlik, ya’ni “A” kvarteti Coca-Cola Superliga yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi hamda har bir klub o‘zaro yana 3 ta uy va 3 ta safar — jami 6 ta uchrashuvda maydonga tushadi. O‘z navbatida quyi to‘rtlik, ya’ni “B” kvartetidan o‘rin egallagan har bir klub ham o‘zaro xuddi shu tartibda jami 6 ta uchrashuvda maydonga tushadi.
Bugun Futbol TV studiyasida Pro liga II bosqichiga qur’a tashlanadi. Qur’a tashlash jarayonini soat 19:20dan boshlab jonli efirda tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
Pro liganing mavsum oxiriga qadar bo‘lgan taqvimi bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin. II bosqichi o‘yinlari ketma-ketligi esa ertaga umumlashtirilgan holda O‘zPFL rasmiy saytida e’lon qilinadi.


Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!“2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar Reglamenti”ga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda ko‘rsatib o‘tilganidek, 18-turdan so‘ng jadval teng ikki qismga bo‘linadi (ikki klub musobaqani muddatidan avval tark etgani inobatga olingan holda). Bunda yuqori to‘rtlik, ya’ni “A” kvarteti Coca-Cola Superliga yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi hamda har bir klub o‘zaro yana 3 ta uy va 3 ta safar — jami 6 ta uchrashuvda maydonga tushadi. O‘z navbatida quyi to‘rtlik, ya’ni “B” kvartetidan o‘rin egallagan har bir klub ham o‘zaro xuddi shu tartibda jami 6 ta uchrashuvda maydonga tushadi.
Bugun Futbol TV studiyasida Pro liga II bosqichiga qur’a tashlanadi. Qur’a tashlash jarayonini soat 19:20dan boshlab jonli efirda tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
Pro liganing mavsum oxiriga qadar bo‘lgan taqvimi bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin. II bosqichi o‘yinlari ketma-ketligi esa ertaga umumlashtirilgan holda O‘zPFL rasmiy saytida e’lon qilinadi.


Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…