1 950
Ixtiyor Ropiyev: "Ishontirib aytamanki, xalqimizni xursand qilish uchun oxirigacha kurashamiz"
O‘zbekiston futzal terma jamoasi Litvada boshlangan Jahon chempionatining 1-turida Gvatemalaga qarshi o‘ynadi.
Vakillarimiz 4:5 hisobida yutqazib qo‘ydi. Biz mazkur bahsda xet-trikka erishgan Ixtiyor Ropiyevning fikrlariga quloq tutdik.
- "Uchrashuv davomida raqiblar darvozasini ishg‘ol qilish uchun yaxshi vaziyatlarni yuzaga keltirdik, - deya so‘z boshladi Ropiyev. Oxirgi soniyalarga gol o‘tkazib yuborishimiz hech kimning xayoliga kelmagandi. Fikrimcha, uchrashuvda omadimiz kelmadi. Gvatemalaga qarshi o‘yinni unutdik va oldimizda turgan baxslarga e’tibor qaratyapmiz. Mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz va Rossiya bilan bo‘ladigan bahsda avvalgi xatolarni takrorlamasligimiz lozim.
“Guruhdoshlarimiz Rossiya va Misr haqida nima deyishim mumkin? Ikkisi ham jiddiy. Ammo o‘ynasa bo‘ladigan raqiblar. Maqsadimiz guruhdan keyingi bosqichga chiqish. Ishontirib aytamanki, xalqimizni xursand qilish uchun oxirigacha kurashamiz", - deydi Ixtiyor Ropiyev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi