00:02 / 16.09.2021
2 197

Futzal. O‘zbekiston shiddatli kechgan bahsda Rossiyaga mag‘lub bo‘ldi

Futzal. O‘zbekiston shiddatli kechgan bahsda Rossiyaga mag‘lub bo‘ldi
Litvada bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda terma jamoamiz 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Termamiz safidagi gollarga Choriyev va Odilov mualliflik qildi. Rossiya termasida esa Niyazov xet-trikka erishdi. Shuningdek, Robino bitta gol urdi.

Shunday qilib, rossiyaliklar ochkolari sonini 6 taga yetkazib olgan holda, yakka peshqadamga aylanib oldi. Bizning hisobimizda hali ochko yo‘q.

"B" guruhi, 2-tur

O‘zbekiston — Rossiya 2:4
Gol:
10- Robino (1:0), 11 - Artyom Niyazov (2:0),21 - Davron Choriyev (1:2), 27 - Mashrab Odilov (2:2), 34 - Artyom Niyazov (2:3), 34 - Artyom Niyazov (2:4)

O‘ZBЕKISTON (birinchi beshlik): 12. Ravshan Eliboyev, 4. Ixtiyor Ropiyev, 6. Ilhom Hamroyev, 8. Husniddin Nishonov, 10. Davron Choriyev
Zaxira: 1.Rustam Umarov, 2.Anasxon Rahmatov, 3.Mashrab Odilov, 5.Muzaffar Ahadjonov, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Elbek To‘lqinov, 11.Akbar Usmonov, 14.Xushnur Erkinov, 15.Sunnatilla Jo‘rayev.
Bosh murabbiy: Bahodir Ahmedov (O‘zbekiston).

Rossiya (birinchi beshlik): 16.Dmitriy Putilov, 10.Robino, 12.Ivan Chishkala, 14.Danil Davidov, 15.Andrey Afanasev.
Zaxira: 2.Albert Saider, 3.Romulo, 4.Artyom Antoshkin, 5.Ruslan Kuziyev, 6.Yanar Asadov, 7.Ivan Milovanov, 9.Sergey Abramov, 11.Artyom Niyazov, 13.Sergey Abramovich.
Bosh murabbiy: Sergey Skorovich.

Ogohlantirish: 11 - Davron Choriyev

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal. O‘zbekiston shiddatli kechgan bahsda Rossiyaga mag‘lub bo‘ldi