13:33 / 16.09.2021
930

Jasur Yaxshiboyevning jamoasi YECHLda "Shaxtyor"ni mag‘lub etdi (video)

Jasur Yaxshiboyevning jamoasi YECHLda "Shaxtyor"ni mag‘lub etdi (video)
[sub][/sub]
UYEFA Chempionlar ligasi "D" guruhining 1-turida hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev harakat qilayotgan Moldovaning “Sherif” klubi o‘z maydonida Ukrainaning “Shaxtyor” klubini qabul qildi.

“Sheriff Stadium”da kechgan bahs mezbonlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Sherif”ga g‘alaba keltirgan gollarga Adama Traore (16') va Momo Yansane (62') mualliflik qildi. Jasur Yaxshiboyev esa o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 67-daqiqada zahiraga olindi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Jasur Yaxshiboyevning jamoasi YECHLda "Shaxtyor"ni mag‘lub etdi (video)
[/banner_pushhouse