
Chempionlar ligasi guruh bosqichida birinchi turdagi g‘alabadan so‘ng, “Sherif” jamoasi o‘z safiga yangi legionerlarni qo‘shib oldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, tiraspolliklar safiga 25 yoshli ganalik hujumchi Bosit Abdul Xolid va Niger terma jamoasining 19 yoshli yarim himoyachisi Abdul Momuni Darankuma qo‘shilgan.
“Sherif” matbuot xizmati xabar berishicha, ganalik hujumchi faoliyati davomida 115 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga 29 ta to‘p kiritgan va jamoadoshlariga beshta golli pas oshirgan.
Bu hujumchi o‘z vaqtida Afrika Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasida o‘ynab, katta tajriba to‘plagan.
Momuni Darankuma esa klublar miqyosidagi muvaffaqiyatli o‘yinlari tufayli Niger terma jamoasiga jalb qilindi va mamlakatining bosh jamoasida ikki marta maydonga tushdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar