
Angliya Premer Ligasining 5-turidan o‘rin olgan "Vest Xem" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Mazkur bahsda "qizil iblislar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 30-daqiqasida Benraxma hisobni ochdi, oradan 5 daqiqa o‘tib, Ronaldu oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. 89-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Lingard o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shuningdek, qo‘shib berilgan daqiqalarda De Xea penaltini qaytarib, jamoasiga 3 ochko keltirdi.
Vest Xem – Manchester Yunayted 1:2
Gollar: Benraxma (30, 1:0), Ronaldu (35, 1:1), Lingard (89, 1:2).
Vest Xem – Fabianski, Soufal, Ogbonna, Zuma, Kressuell, Souchek, Rays, Fornals, Vlashich (Yarmolenko, 68), Benraxma (Lansini, 88), Bouen (Nobl, 90+4).
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Maguayr, Shou, Pogba (Lingard, 73), Fred (Matich, 88), Brunu Fernandesh, Maktomini, Ronaldu, Grinvud (Sancho, 73).
Angliya Premer LigasiManchester YunaytedVest XemG‘alaba QozondiO‘yinning DaqiqalariPenaltini Qaytardi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar