21:50 / 24.09.2021
1 883

OFK vakillari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurishdi

OFK vakillari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurishdi
Bugun Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh kotibining o‘rinbosari Vohid Kardani va OFKda samarali faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik mutaxassis Sanjar Rizayev O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida mehmon bo‘lib, O‘FA rahbariyati bilan uchrashishdi.

Uchrashuv mobaynida dastlab O‘zbekiston futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan sezilarli yutuqlar haqida so‘z yuritildi. O‘FA hamda OFK o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlari ishonch va hurmat asosida qurilgan ekanligini alohida ta’kidlandi.

O‘FA bosh kotibi Avaz Maksumov Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan yaqin hamkorlikda keng ko‘lamli hamkorlik dasturlari va loyihalarini amalga oshirilishdan har doim mamnun ekanligini aytdi.

Muloqot davomida Vohid Kardani O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutaxassislari bilan suhbatlashib, ayni paytda mamlakatimiz maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi saralash bahslarining tashkilotchiligi uchun minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

Bundan tashqari pandemiya paytidagi futboldagi o‘zgarishlar, OFK tuzilmasiga oid yangiliklar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, O‘zbekiston futzal terma jamoasining xalqaro maydonda ko‘rsatayotgan natijasini e’tirof etdi va bugungi bahsda jamoamizga omad tiladi.

O‘FA matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK vakillari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurishdi