22:52 / 25.09.2021
1 824

Piter Xyuistra: “Andijon“dan uchralgan mag‘lubiyat tasodif ekanligini isbotlay oldik”

Piter Xyuistra: “Andijon“dan uchralgan mag‘lubiyat tasodif ekanligini isbotlay oldik”
Superliganing 20-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Turon” (3:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘yinni juda yaxshi boshladik. Gol ham urdik. Birinchi bo‘limda katta ustunlikka ega bo‘ldik. Tanaffusga chiqishdan oldin futbolchilar bir oz xushyorlikni yo‘qotishdi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki 5 daqiqasida ko‘rsatgan o‘yinimizni tushunmadim. Bu men bilgan “Paxtakor” emasdi. Sustkashlikka yo‘l qo‘yishimiz natijasida raqibda ikkita qulay imkoniyat taqdim etdik. O‘yindagi ustunlikni hisobda ham aks ettirdik. Qaysidir ma’noda o‘tgan tur “Andijon”dan uchralgan mag‘lubiyat tasodif ekanligini isbotladik. Bugungi o‘yindan ko‘nglim to‘ldi”, – deydi Piter Xyuistra.

- Bir necha tur oldingi “Paxtakor” Superligadagi tanaffusdan keyin 1:0 hisobini saqlab qolgan holda, o‘yinni “o‘ldirish”ga harakat qilayotgandi. “Turon” bilan o‘yinda buning aksini ko‘rdik. Bu “Paxtakor”ning istalgan vaqtda o‘yinni kuchaytira olishini anglatadimi? Raqib hisobni tenglashtirgach jamoa yana ochilib o‘ynadi. Ikkinchi savolim: Sherzod Temirov ikkinchi taymdagi pasayish charchoq bilan bog‘liqligini aytdi. Jamoa zaxirasi bo‘yicha chempionatda kuchli uchlikka kiradi. Bunday jamoa charchab qolishi mumkinmi?
- Ikkinchi bo‘limda raqib oldinga o‘tdi. Ular tanaffusdan so‘ng yangi hujumchi bilan maydonga chiqishdi. Natijada ularning murabbiyi tanlagan taktikadan so‘ng bizda ko‘proq hujumga o‘tish imkoniyati yuzaga keldi. Hisobni tenglashtirishgani bilan bizga ko‘p bo‘sh hududlarni yaratishdi. “Turon”ning o‘zgarishlari bevosita bizning o‘yinimiz o‘zgarishiga olib keldi. To‘liq hududlarni yopgan holatda hujum qilishning imkoni yo‘q. Juda qiyin. Jismoniy tomondan muammo yo‘q. Futbolchilar juda yaxshi holatda.

- Sherzod A’zamov va Anzur Ismoilovning yonida yosh futbolchilarni o‘stirish imkoni yo‘qmi? Ular boshqa o‘smaydi. Faoliyatlarining cho‘qqisidan o‘tib bo‘lishgan...
- Sizda boshqa himoyachilar bo‘lsa, aytishingiz mumkin (kuladi). Ularning o‘yinidan qoniqmoqdaman. 20 ta o‘yinda 8 ta gol o‘tkazib yubordik. Xatolar futbolning bir bo‘lagi. To‘g‘ri xulosa chiqarishimiz kerak. Chempionlar ligasida katta maqsadlarni ko‘zlayapmiz. Qishda har bir chiziqda jamoani kuchaytiradigan futbolchilarni qidiramiz. Oldin rasman OCHLga yo‘llanma olishimiz kerak.

- “Paxtakor” birinchi taymda ko‘proq o‘ng qanotdan hujum qildi. Ikkinchi bo‘limda esa hujumlar chap qanotga ko‘chdi. Buning sababi nima bilan bog‘liq?
- Ba’zi o‘yinlarimiz bo‘ladi, to‘liq o‘ng qanotni ishlatamiz. Ayrim bahslarda faqat chap qanotni ishlatamiz. Bu o‘yindan kelib chiqib o‘zgartiriladi. Raqiblarga ikki qanotdan ham bosim o‘tkaza olamiz. Ikkinchi bo‘limda Cheranni oldinroqqa surish orqali bo‘sh hudud yaratdik. Natijada keskinlik oshdi.

- “Turon”ning 77-raqamdagi (tahr. – Bilolxon Toshmirzayev) futbolchisini personal qo‘riqlash maqsadida biror o‘yinchini biriktirganmidingiz?
- Yo‘q, bunday qilmadik. Bu futbolchini o‘yinning boshida boshqa qanotda o‘ynatishdi. Shu biz uchun syurpiriz bo‘ldi. Ikki qanotda o‘ynaydigan himoyachilarimiz yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Piter Xyuistra: “Andijon“dan uchralgan mag‘lubiyat tasodif ekanligini isbotlay oldik”