Londondagi «Tottenhem Hotspur» stadionida Toshkent vaqti bilan 25 sentabrdan 26 sentabrga o‘tar kechasi katta boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning asosiy jangida super og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua (24-2, 22 KO) va Oleksandr Usik (19-0, 13 KO) o‘zaro to‘qnash keldi.
Superog‘ir vazn toifasida Entoni Joshua va Aleksandr Usik jangida Usik ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozonib, WBA, WBO, IBF va IBO kamarlarini qo‘lga kiritdi.
Jangning katta qismi ukrainalik bokschi ustunligida kechdi. 12-raund oxirida Usik raqibiga zarbalar seriyasini yog‘dirdi va Joshuani nokautdan bong qutqarib qoldi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Usikning g‘alabasini qayd etdi — 117-112, 116-112, 115-113.
Shu tariqa Oleksandr Usik og‘ir vazn toifasida Jahon chempioniga aylandi.
Jang videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.
Xo‘sh, endi ular o‘rtasida ikkinchi jang o‘tkazilishi mumkinmi? Albatta o‘tkaziladi... Matchroom kompaniyasi chempion bokschilariga jang uchun shartnoma qilayotganda albatta bir band kiritiladi. Ya’ni agarda Matchroom kompaniyasi mijozi bo‘lgan chempion imkoniyatni boy berasa, g‘alaba qozongan bokschi unga revansh berishi belgilanadi.
Bu kompaniya rahbari Eddi Xirnning ishbilarmonligi yoki ehtiyotkorligi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Usik va Joshua shartnoma bangida ham Joshua mag‘lub bo‘lsa, ikkinchi jang o‘tkazilishi kiritilgan. Bu holatni Joshuaning Endi Ruisga qarshi jangida ham ko‘rishimiz mumkin. Qisqacha aytganda, siz Matchroom kompaniyasi chempion bokschisidan kamarlar tortib olmoqchi bo‘lsangiz, ularni ikki marta mag‘lub etishingiz kerak... “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...