19:15 / 27.09.2021
2 274

Shavkat Mirziyoyev: "Navbahor"ning ishqibozlari Angliya, Italiya va Fransiya futbol fanatlaridan sira qolishmaydi

Shavkat Mirziyoyev: "Navbahor"ning ishqibozlari Angliya, Italiya va Fransiya futbol fanatlaridan sira qolishmaydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan suhbat chog‘ida viloyat futboli haqida fikr bildirdi:

"Namangan ahlining futbolga bo‘lgan ashaddiy qiziqishini nafaqat mamlakatimizda, balki qo‘shni davlatlarda ham yaxshi bilishadi.
“Navbahor”ning ishqibozlari Angliya, Italiya va Fransiya futbol fanatlaridan sira qolishmaydi.

Namanganliklar Odil Ahmedov kabi iste’dodli, vatanparvar futbolchini yetishtirib bergani bilan har qancha faxrlansa arziydi. O‘ylaymanki, viloyatning shahar va qishloqlarida uning izdoshlari yana ko‘plab topiladi.

“Navbahor” futbol klubi bazasida “Futbol akademiyasi”ni tashkil etib, Davlatobod tumanini sport shaharchasiga aylantirsak, nima deysizlar?!
", - deya taklif bildirdi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shavkat Mirziyoyev: "Navbahor"ning ishqibozlari Angliya, Italiya va Fransiya futbol fanatlaridan sira qolishmaydi