21:06 / 30.09.2021
1 536

O‘FA futzal terma jamoamizni taqdirladi

O‘FA futzal terma jamoamizni taqdirladi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Litvada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futzalchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, futzal delegatsiyasi rahbari Jahongir Usmonov hamda assotsiatsiya bosh kotibi Avaz Maksumov ishtirok etishdi.

Ravshan Ermatov futzalchilarni O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov nomidan, qolaversa, butun futbol jamoatchiligi nomidan mundialda qayd etilgan tarixiy natija bilan tabrikladi. Ushbu natijaning ortida katta sa’y-harakatlar va jamoaviy mehnat yotganini ta’kidlab o‘tdi.

Futzalchilarimiz yil boshidan beri Tailand, Ispaniya va Portugaliyada yig‘inlar o‘tkazdi. O‘z qit’asida yetakchi hisoblangan va jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Argentina, Ispaniya, Portugaliya, Eron va Venesuela kabi jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishdi. Terma jamoaning jahon chempionatiga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rishi uchun kerakli barcha sharoitlar taqdim etildi.

Futzal terma jamoamizning ancha yosh bo‘lganligi sababli keyingi musobaqalarda yanada yuqori natijalar qayd etishlariga ishonch bildirildi. O‘z navbatida jamoa nomidan terma jamoa sardori Rustam Umarov O‘FAga e’tibor uchun minnatdorchilik bildirgan holda assotsiatsiya muzeyiga esdalik sovg‘asini topshirdi. Tadbir yakunida futzalchilar pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

O‘FA matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA futzal terma jamoamizni taqdirladi