Bugun chempionatimizning 21-turiga start beriladi. Jumadan yakshanbaga qadar siz bilan bizni yettita o‘yin kutyapti. “Bunyodkor” – AGMK o‘rtasidagi bellashuv turning markaziy o‘yini sifatida e’tirof etilyapti. 1-o‘rinda borayotgan “Paxtakor” esa “Qo‘qon-1912” maydonida o‘ynaydi.
Bir so‘z bilan aytganda, oldinda yaxshi uchrashuvlar bor. Chempionatimizda o‘z so‘zini ayta olgan va muxlislar qalbidan joy olgan Akmal Xolmatov Superliganing navbatdagi turi oldidan yettita juftlik bo‘yicha fikr bildirdi.
1 oktabr (juma)
“Qo‘qon-1912” – “Paxtakor”
- Bu o‘yin haqida nima deyishim mumkin? Qo‘qonliklar o‘tgan turda durang o‘ynadi. Menimcha, “Paxtakor” “Andijon” bilan o‘yindagi xatosini takrorlamasa kerak. Lekin “Qo‘qon-1912” ham yaxshi jamoa. Ular o‘z maydonida muxlislari qarshisida g‘alaba uchun borini beradi. Meniing fikrimcha, “Qo‘qon-1912”da g‘alaba uchun imkoniyat ko‘proq. Balki 50x50 dir. O‘z maydonida muxlislari 12-o‘yinchi vazifasini bajarib berishadi. Tan olish kerak, “Paxtakor” haqiqatan kuchli, har taraflama. “Paxtakor” bilan o‘ynar ekansan, ortiqcha tayyorlanish shart emas. Shundoq ham raqib “Paxtakor” bo‘lganida motivatsiya bo‘ladi.
“Metallurg” – “Lokomotiv”
- “Metallurg” klubining o‘yinida qandaydir pasayishlar bo‘lyapti. Buning sababi nima bilan bog‘liqligini bilmayman. Men ularning ishiga aralasha olmayman. “Lokomotiv” o‘tgan turda yaxshi o‘ynadi, yutqazayotib yakunda g‘alabaga erishdi. Lekin bu safar bekobodliklar o‘z uyida bermasa kerak. Bunga qadar “Metallurg” ochkolarini ko‘p yo‘qotib bo‘ldi. Endi ular “Loko”ga jiddiy qarshilik ko‘rsatadi, deb o‘ylayman. Nazarimda, maydon egalarida g‘alaba uchun imkoniyat ko‘proq.
2 oktabr (shanba)
“Andijon” – “So‘g‘diyona”
- Mana bu yaxshi o‘yin bo‘ladi. Fikrimcha, ushbu uchrashuvda durang bo‘lsa kerak. “So‘g‘diyona” yaxshi jamoa. “Andijon” o‘z uyida jiddiy qarshilik ko‘rsatadi. Muxlislarni ham stadionlarga kirishlariga ruxsat berildi. Men ham “Andijon”da o‘ynaganman, u yerda muxlislar ashaddiy. Aslida mezbonlarda g‘alaba uchun yaxshi imkoniyat bor – 60x40. Kamida durang qayd etilishi mumkin.
“Bunyodkor” – AGMK
- Nazarimda, AGMK yutsa kerak. Bilishimcha, “Bunyodkor”ning ayrim yetakchi futbolchilarida sariq kartochkalar bor. AGMK esa jiddiy raqib. Yaxshi shakllangan jamoa. Tarkibida tajribali o‘yinchilari bor. Mirjalol Qosimovni qanday murabbiyligini ham bilasiz. “Bunyodkor” ham yaxshi jamoa, ammo nechta o‘yin ko‘rgan bo‘lsam, AGMKning o‘yinlari yoqdi.
“Mash’al” – “Nasaf”
- “Nasaf”! OFK Kubogida Hindiston jamoasiga oltita gol urdi. Keyin “Bunyodkor”ni 5:0 hisobida dog‘da qoldirdi. Ko‘rinib turibdi, “Nasaf”ning o‘yini yuqori darajaga chiqyapti. Yaqinda Ro‘ziqul aka Berdiyev muammo haqida gapirgandi. Biroq u yerda qanday muammo bo‘lmasin doim futbolchilar, akademiya va jamoa bor. “Nasaf” baribir “Nasaf”. “Mash’al”ga qiyin? “Nasaf”ni to‘xtatish qiyin. Lekin hamma futbol o‘ynashni biladi. Chempionatimizda ham kutilmagan natijalar bo‘lyapti. “Andijon” “Paxtakor”ni to‘xtatdi. Bizda ham oxirgi o‘rindagi jamoa birinchi o‘rindagi klubni yutib qo‘yyapti. Hech kim qo‘rqmayapti. Oldin esingizda bo‘lsa, “Paxtakor” yoki “Neftchi”ga biror-bir jamoa kelsa, yutqazdi deb o‘ylashardi. Hozir hamma jang qilyapti.
3 oktabr (yakshanba)
“Qizilqum” – “Turon”
- Bu juftlikda “Qizilqum”ning qo‘li baland keladi, deb o‘ylayman. Sababi, “Qizilqum” yaxshi shakllangan, tarkibida mahoratli o‘yinchilari bor. Legionerlari ham saviyali. “Turon” ham yomon emas. Ammo oxirgi paytlarda mag‘lubiyatlar girdobiga tushib qoldi. Jamoa omadsizlikdan chiqib keta olmayapti. “Turon”ga bir nima yetishmayapti. Holbuki, tarkib yaxshi, Igor Shkvirin esa tajribali. Lekin “Qizilqum” o‘z maydonidagi imkoniyatni qo‘ldan chiqarmasa kerak.
“Surxon” – “Navbahor”
- Darhol aytaman: “Surxon”ga qiyin bo‘ladi. Ularda muammolar bor. Hozir faqat futbolni o‘ylashlari kerak. Tarkibida yoshlar ko‘p, ularga vaqt kerak. Kim nima desa desin-u, baribir tajriba o‘z so‘zini aytadi. Shuning uchun “Navbahor” yutadi deb o‘ylayapman. Bu jamoada tajriba bor. Samvel Babayan yaxshi mutaxassis va yaxshi motivatsiya beradi.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi