Yevropa matbuoti hamon Chempionlar ligasidagi sensatsion uchrashuv – “Real” va “Sherif” bahsini muhokama qilishda davom etmoqda. Jasur Yaxshiboyev va Sebastyan Tillning gollari ushbu bahsga bevosita guvoh bo‘lish uchun “Santyago Bernabeu” kelgan va o‘yin translyatsiyasini turli vositalar orqali tomosha qilgan butun dunyodagi “realchilar”ni larzaga solgani rost.
Xorij ommaviy axborot vositalarining yozishicha, futbol ishqibozlarining mazkur uchrashuv bo‘yicha fikr-mulohazalarini o‘rganib chiqqan ekspertlar qaqshatqich mag‘lubiyatdan keyin “Real” muxlislari uchga bo‘linib ketganini ma’lum bo‘ldi.
Hozir shular haqida to‘xtalamiz.
Birinchi guruh – “Qirollik klubi” o‘yinchilarining o‘z maydonida Chempionlar ligasining eng zaif jamoasi, deb e’tirof etilgan “Sherif”ga yutqazganini umuman hazm qila olmayotgan ashaddiy fanatlardan tarkib topgan.
Ular alamli mag‘lubiyatda bosh murabbiy Karlo Anchelotti va futbolchilarni ayblamoqda. Fanatlar ilgari surayotgan shiorlar “Bu jamoaning yuragi yo‘q”, “Agar keyingi uchrashuvda Karlo Anchelotti “Sherif”ga qarshi o‘ynagan futbolchilarni maydonga tushiradigan bo‘lsa, men bu bahsni tomosha qilmayman!”, “Bu futbolchilarning birortasi formasiga tushirilgan klub emblemasi uchun kurashgani yo‘q” qabilidagi alamli munosabatlardan iborat bo‘lmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ikkinchi guruh har qanday vaziyatda ham o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlaydigan sodiq ixlosmandlardan iborat ekan. Ular qaqshatqich mag‘lubiyatdan keyin ham “Real”ga ishonchini so‘ndirgani yo‘q, aksincha, futbolchilarning ruhiyatini ko‘tarishga harakat qilmoqda.
Bu guruhdagilar o‘yin borasida “Men kemadan tushmayman, “Shaxtyor” bilan yuz bergan tarix yana qaytalandi, olg‘a Madrid!”, “ Qancha va qanday yutqazsangiz ham men sizlarni yaxshi ko‘raveraman”, “Bugun men har qachongidan ham kuchliroq “realchi”man!”, degan fikrlarni ilgari suryapti.
Uchinchi toifa muxlislar esa “mag‘lubiyatni tan olish ham mardlik” qabilida yo‘l tutayotgan ishqibozlardir. Ular “Sherif” futbolchilari o‘z mehnatlariga yarasha tarixiy natijaga erishganini e’tirof etmoqda. Bu guruhdagi muxlislar raqibni g‘alaba bilan tabriklashga ham tayyor ekan.
Xususan, bag‘rikengligini namoyish qilgan “Real” tarafdorlari “Bu uchrashuvdan uyalish kerak emas”, “Bor kuchimiz bilan harakat qildik”, “Keling, mard bo‘lib “Sherif” g‘alabaga loyiqligini tan olaylik”, “Ular maydonga jang qilish uchun tushgan edi”, “Madridni chin dildan sevaman, lekin “Sherif” darvozaboni zo‘r o‘ynadi”, “Ular saralashning to‘rt bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan”, “Sherif” har qanday jamoani yutib qo‘yishi mumkin”, “ Futbolda shunaqasi ham bo‘ladi, ularga balli”, degan ijobiy fikrlarni o‘rtaga tashlamoqda.
Shuningdek, biz ham ijtimoiy tarmoqlarda hamyurtlarimizning “Real” – “Sherif” uchrashuviga qoldirgan fikrlarini kuzatib bordik. Garchi yurtimizda “Qirollik klubi” muxlislari ko‘p bo‘lsa-da, ularning aksariyati umumiy ma’noda, Jasur Yaxshiboyev gol urgani uchun ham “Real”ning mag‘lubiyatidan xafa bo‘lmaganini, ayrimlari esa hatto xursand bo‘lganini bildirgan.
Demak, “Sherif” va Jasur Yaxshiboyevning o‘yinlarini kuzatishda davom etamiz. Moldova jamoasi Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi uchinchi tur uchrashuvini Milanda Italiya Chempioni “Inter”ga qarshi o‘tkazadi. Bu bahs 19 oktabrga belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi