Tez orada O‘zbekiston milliy terma jamoasi Srechko Katanes boshchiligida ikkinchi yig‘inga kirishadi. Xabaringiz bor, kuni kecha terma jamoaga taklif etilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Unda “Nasaf”dan besh nafar o‘yinchi chaqirilgani e’tiborga molik. Ayniqsa, jamoaning yetakchilaridan biriga aylangan Xusniddin Aliqulov borasidagi fikrlar juda ijobiy.
22 yoshli yigit “Nasaf”ning himoyasida qo‘rg‘on bo‘lib turibdi va u hujumga o‘tib ko‘maklashishni ham qoyillatadi. Ayniqsa, ikkinchi davrada Aliqulov raqiblar darvozasiga uchta gol urgani va bitta assist vazifasini bajargani fikrimizga isbot.
Bungacha ham turli yoshdagi terma jamoalarda to‘p surgan futbolchi endi bosh jamoamizda ham o‘z o‘rnini topishga intilyapti. Bu borada Katanes ham ushbu futbolchiga ishonch bildirayotgani quvonarli. Vaqti kelib bosh jamoamizda asosiy futbolchilaridan biriga aylanishi kutilayotgani ham rost.
Xusniddin Aliqulov Sports.uz muxbiri bilan muloqotda terma jamoadan chaqiruv, “Nasaf”dagi ishtiroki, keyingi rejalar, OFK Kubogi kabi masalalar bo‘yicha fikr bildirdi.
“Terma jamoadan chaqiruv olishimni kutgandim”
- Albatta, milliy terma jamoamizdan yana chaqiruv olishimga ishongandim. Har bir futbolchi bosh jamoaga taklif etilganida xursand bo‘ladi, shu qatori meni ham terma jamoaga jalb etishganidan mamnunman. Bu juda katta mas’luliyat ekanini bilib turibman. Xudo xohlasa, termaga munosib bo‘lishga va ishonchni oqlashga harakat qilaman.
“Katanes qattiqqo‘l”
- Kataneq qattiqqo‘l murabbiy ekan. Tartib-intizomga jiddiy e’tibor berar ekan. Bu murabbiy jamoa bilan endi-endi tanishib boryapti. Unga o‘zimizning mutaxassislardan Ravshan aka Haydarov yaqindan yordam beryapti. Menimcha, bir-ikkita yig‘indan keyin Katanayes barchasini to‘liq o‘z qo‘liga olsa kerak, deb o‘ylayman.
“Keyingi yig‘inlarda “Nasaf”dan yanada ko‘proq futbolchilar chaqiruv olsa kerak”
- O‘ylaymanki, “Nasaf” jamoasidagi barcha futbolchi o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlayaptilar. Baribir klubdagi har bir o‘yinchining mehnati borligi ko‘rinib turibdi. Milliy terma jamoaga chaqiruv olayotgan “Nasaf”dagi futbolchilar bunga faqat o‘z kuchlari bilan erishyaptilar. Qolaversa, jamoamiz ham yaxshi o‘yin namoyish etyapti. Bizda yaxshi yigitlar ko‘p. Menimcha, keyingi yig‘inlarda “Nasaf”dan yanada ko‘proq futbolchilar chaqiruv olsa kerak.
“OFK Kubogini yutishga imkoniyatimiz yetarli”
- Bizda OFK Kubogini yutish uchun imkoniyatimiz bor. Barchasi faqat o‘z qo‘limizda. Oxirigacha kurashamiz va OFK Kubogini yutishga harakat qilamiz. Bu asosiy maqsadimiz, shu sababdan bor e’tiborimizni ushbu musobaqaga qaratganmiz. Shu bilan birga chempionatdagi maqsadimizni ham unutganimiz yo‘q. O‘zimiz qatnashayotgan musobaqalarda qo‘limizdan kelganicha muvaffaqiyatga erishishga harakat qilamiz. Yana qaytaraman, OFK Kubogini yutishga imkoniyatimiz yetarli, deb o‘ylayman. Jamoamiz hozir yaxshi formada. Bundan tashqari, O‘zbekiston Kubogida ham maqsadimiz bor.
“G‘alabalar kayfiyatni ham ko‘taradi”
- “Nasaf”ning g‘alabali o‘yinlarini davom ettirayotgani bu jamoamizning yaxshi sport formasida ekani bilan bog‘liq. Shu bilan birga murabbiylarimiz tomonidan berilayotgan ko‘rsatmalarni ham yaxshi bajaryapmiz deb o‘ylayman. G‘alabalar albatta kayfiyatni ham ko‘taradi. Shuning uchun jamoamizning kayfiyati ham yaxshi. Chempionatda medallar uchun kurashamiz, bunga ham bemalol kuchmimiz yetadi.
“Eshmurodov, Krimes va Ismoilovning o‘yinlari yoqadi”
- O‘zim uchun jamoada birga to‘p suradigan Umar Eshmurodovning o‘yinlari yoqadi. Shuningdek, Yegor Krimetsning birinchi paslari ham menga manzur keladi. Xarakter jihatidan esa himoyachilar orasida menga yoqadigani bu – Anzur Ismoilov. Xorijlik esa Serxio Ramos!
“Takliflar bo‘lib turibdi, “Nasaf” bilan yana 3 yillik shartnomam bor”
- “Nasaf”dan iqtidorli yoshlarning yetishib chiqayotganida murabbiyning roli katta deb o‘ylayman. Ro‘ziqul aka Berdiyev barcha yoshlarni kuzatib, ularni o‘rganib yuradi. Hozircha biz barcha e’tiborimizni chempionat va OFK Kubogiga qaratganmiz. Xayolimizni boshqa narsalar bilan chalg‘itmayapmiz. Boshqa rejalar haqida hali o‘ylab ko‘rganim yo‘q. “Nasaf” bilan yana uch yillik shartnomam bor. Takliflar bo‘lib turibdi, bu sir bo‘la qolsin. Menimcha, hamma o‘yinchini chetda legioner bo‘lib to‘p surish maqsadi bo‘lsa kerak.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi