9 oktabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida super jang kechasi tashkil qilinadi. Ushbu kechaning markaziy jangida superog‘ir vazn toifasi vakillari britaniyalik Tayson Fyuri hamda AQSH vakili Deontey Uaylder o‘ziga xos trilogiyada ringga ko‘tariladilar.
Xabaringiz bor, ularning dastlabki to‘qnashuvida durang qayd etilgan bo‘lsa, ikkinchi jangda Fyuri texnik nokaut bilan g‘alabaga erishgandi.
Uchinchi jangda esa, kimning imkoniyati yuqori, Fyuri muvaffaqiyatini davom ettira oladimi yoki Uaylderning britan bokschisiga atalgan "sovg‘a"si bormi? Buni tez orada bilib olamiz. Biroq, jangdan avval har doimgidek imkoniyatlar borasida turli fikrlar yangramoqda.
Biz ham an’anaga muvofiq o‘zbekistonlik mutaxassislarning mulohazalariga quloq tutdik. Ayniqsa, o‘z vaqtida ushbu vazn toifasida WBA chempionligini qo‘lga kiritgan, mashhur bokschimiz Ruslan Chagayevning bu boradagi fikrlari barcha uchun qiziq bo‘lishini inobatga olib, u bilan bog‘landik.
- Bu jangni butunjahon kutmoqda desam, yanglishmgan bo‘laman. Shunga monand qiziqarli jang bo‘lishi ham kutilmoqda. Aslida, boksda avvaldan biror fikr bildirish qiyin. Ayniqsa, og‘ir vazn toifa vakillari bo‘lsa, yanada taxminlaringiz o‘zini oqlamasligi mumkin.
To‘g‘ri, ular ikki bor to‘qnash keldi. Bir durang va Fyurida bitta g‘alaba bor. Ushbu janglardan ko‘rib, ularning imkoniyatini chamalash mumkin. Biroq, bitta zarba butun jang taqdirini o‘zgartirib yuborish mumkin.
Imkoniyatlar borasida to‘xtalsak, Fyurida bu borada ustunlik bor. Unda kreativlik, ringda aql bilan harakat qilishi, texnik jihati Uaylderga nisbatan yaxshi shakllangan. Shuning uchun 55/45 hisobida Fyurini imkoniyatini yuqori baholagan bo‘lardim.
Ammo yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, bu boks va ushbu jangda har ikkisi ham g‘alaba qozonishi mumkin. Shu bilan birga jang 12 raund davom etadi, deb o‘ylamayman. Albatta, bu shaxsiy fikrim! “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi