1 905
Srechko Katanes: «O‘zbekiston terma jamoasi yig‘iniga ko‘plab yangi nomlarni jalb qildik»
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes oktabr oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari oldidan o‘z fikrlarini bilan bo‘lishdi.
- "Malayziya va Iordaniya terma jamoalari O‘FAda mavjud bo‘lgan variantlar orasidan tanlab olindi. Buning hech qanday alohida sababi yo‘q. Aynan shu ikki terma jamoaga qarshi o‘ynaymiz degan talab qo‘ymaganmiz. Hozirgi kunda o‘rtoqlik o‘yinlariga raqib topish, izlash ancha mushkul. Undan tashqari bunday rejalar olti oy, bir yil oldin amalga oshirilishi kerak. Yaqindagina bosh murabbiy bo‘lganim uchun raqib topishga ham ko‘p vaqt bo‘lmadi. Ushbu ikki raqib variantlar ichidan tanlab olindi.
Bosh murabbiy uchun vaqt doim kamdek tuyuladi. Ayniqsa, futbolchilarni kuzatish uchun bizda bor-yo‘g‘i bir oy vaqt bo‘ldi. Shu maqsadda ko‘plab yangi futbolchilarni yig‘inga jalb etganmiz. Shuning uchun o‘rtoqlik o‘yinlarida barcha futbolchilar uchun o‘yin amaliyoti berishga harakat qilamiz. Balki keyingi yig‘inlarda boshqa futbolchilarni tarkibga jalb etarmiz.
Ko‘p narsa futbolchilarning o‘ziga bog‘liq. Agar ular o‘zini ko‘rsata olsa, keyingi yig‘inlarga ham chaqiriladi. Albatta, ularga xato qilishiga ham qo‘yib berish lozim. Bu safar o‘zini ko‘rsata olmagan futbolchi keyingi yig‘inda balki yaxshi o‘yin namoyish etar. Iloji boricha ko‘proq futbolchilarni terma jamoaga jalb etib, ularni sinab ko‘rishga harakat qilamiz", - dedi O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes.
Srechko Katanes shogirdlari 9 oktabr kuni Malayziya, 12 oktabrda esa Iordaniya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz