
Jahon chempionati Osiyo mintaqasi uchinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Avstraliya - Ummon o‘yini yakuniga yetdi. Mazkur uchrashuvda kengurular yurti vakillari raqibdan 3:1 hisobida ustun keldi.
Avstraliyaliklar safida Mabil, Boyl va Dyuk raqib darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, ummonliklar safida Al-Alavi yagona golga mualliflik qildi.
Mazkur natijadan so‘ng Avstraliya ochkolari sonini 9 taga yetkazib oldi va guruhda peshqadam bo‘lib oldi. Ular saudiyaliklardan to‘plar nisbatiga ko‘ra oldinroqda. Ummon hisobida hozircha 3 ochko bor va ular 3-o‘rinda joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar