1 488
Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov jahon chempionatiga boruvchi terma jamoa tarkibiga kiritildi
Joriy yilning 22 oktabr – 7 noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu jahon chempionatida ham O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘liq tarkib bilan ishtirok etishi kutilmoqda.
Har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladigan musobaqaga hamyurtlarimiz ham astoydil tayyorgarlik ko‘rishmoqda. E’tiborlisi, terma jamoamizning bu tarkibiga Rio olimpiadasi vitse chempioni, 2017 yil Germaniyada o‘tkazilgan jahon chempionati g‘olibi Shahram G‘iyosov va Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatov ham kiritilgan.
Shuningdek, terma jamoaning asosiy tarkibidan Nodirjon Mirzahmedov (-48 kg), Shahobiddin Zoirov (-54 kg), Mirazizbek Mirzahalilov (-57 kg), Abdumalik Xalokov (-60 kg), Mujibullo Tursunov (-63,5 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg), Saidjamshid Jafarov (-75 kg), Odiljon Aslonov (-80 kg), Shohjahon Abdullayev (-86 kg), Madiyor Saidrahimov (-92 kg), Lazizbek Mullajonov (+91 kg) joy oldi.
Bokschilarimiz bosh murabbiy Marat Qurbonov rahbarligida mashg‘ulotlar olib bormoqda. Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda tashkil etilgan so‘nggi jahon chempionatida hamyurtlarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Manba: minsport.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz