Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari saylovchilar bilan uchrashuv davomida viloyat futboliga yuqori baho berdi.
— Qashqadaryoga kelib, futbol haqida gapirmaslik mutlaqo mumkin emas. Viloyatda bugungi kunda oliy ligada ishtirok etadigan «Nasaf», «Sho‘rtan», «Mash’al» hamda Osiyo va Yevropada tanish bo‘lgan ayollarning «Sevinch» professional futbol klublari faoliyat yuritmoqda.
Ushbu klublar tarbiyalanuvchilari Otabek Shukurov va Azizjon G‘aniyevlar bugungi kunda O‘zbekistonimiz nufuzini butun dunyoga tarqatmoqda. Shuni hisobga olib, viloyatda futbolni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshiramiz.
Jumladan, Shahrisabz shahrida bolalar va o‘smirlar futbol mahorati maktabi tashkil etilib, unda 154 nafar iqtidorli yosh futbolchilar tayyorlanadi. Qarshi shahridagi bolalar va o‘smirlar futbol mahorati maktabi uchun zamonaviy sport bazasi barpo etiladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek amaldagi davlat rahbari Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Qamashi, Chiroqchi tumanlaridagi stadionlar to‘liq ta’mirlanishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz