23:23 / 11.10.2021
1 702

JCH saralash. Ertaga Osiyo jamoalari 4-turni o‘tkazadi

JCH saralash. Ertaga Osiyo jamoalari 4-turni o‘tkazadi
Ertaga, 12 oktabr kuni Osiyo mintaqasida jahon chempionati saralash o‘yinlari davom etadi.

"A" guruhi: Eron - peshqadam
Saralashning uchinchi bosqichida uchta tur ortda qoldi. "A" guruhiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Eron milliy terma jamoasi 9 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilyapti. Ikkinchi o‘rindagi Janubiy Koreya hisobida esa 7 ochko bor.

3-tur natijalari. 7 oktabr
Janubiy Koreya - Suriya 2:1
Iroq - Livan 0:0
BAA - Eron 0:1

Eronliklar o‘tgan tur safarda BAAni mag‘lub etib qaytishdi. Uchrashuvdagi yagona gol 70-daqiqada Mehdi Taremi tomonidan kiritildi. Dohada bo‘lib o‘tgan Iroq - Livan bahsida hisob ochilmagan bo‘lsa, Janubiy Koreya o‘z maydonida qiyinchilik bilan Suriyani mag‘lub etdi.

Ertaga shubhasiz guruhning markaziy o‘yini Eron va Janubiy Koreya o‘rtasida kechadi. Uchrashuv Tehrondagi mashhur "Ozodi" stadionida bo‘lib o‘tadi. BAA termasi Dubayda Iroqni qabul qilsa, Suriya Iordaniyada Livan bilan kuch sinashadi.

4-tur uchrashuvlari. 12 oktabr
Eron - Janubiy Koreya
BAA - Iroq
Suriya - Livan

"B" guruhi: Avstraliya - peshqadam
"B" guruhida Avstraliya yo‘qotishlarsiz bormoqda. "Sokkeruzlar" dastlabki uchta turning hammasida zafar quchishdi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni ham 9 ochko to‘plagan, biroq to‘plar nisbatiga ko‘ra Avstraliyadan keyin turibdi.

3-tur natijalari. 7 oktabr
Saudiya Arabistoni - Yaponiya 1:0
Xitoy - Vetnam 3:2
Avstraliya - Ummon 3:1

Hayron qolarli tomoni shundaki, uchta o‘yin o‘tkazgan Yaponiya allaqachon ikki bor mag‘lubiyatga uchradi. Yaponlar dastlab uyda Ummonga, so‘ngra safarda Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy berishdi. Xitoy - Vetnam bahsi nihoyatda dramatik tarzda kechib, yakunda xitoyliklarning qo‘li baland keldi. Avstraliya esa Ummonni ortiqcha qiyinchiliksiz mag‘lub etdi.

4-tur uchrashuvlari. 12 oktabr
Yaponiya - Avstraliya
Saudiya Arabistoni - Xitoy
Ummon - Vetnam

Ertaga bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarda Yaponiya deyarli hal qiluvchi bahsni o‘tkazadi. Agar maydon egalari yana g‘alaba qozona olishmasa, Yaponiyaning jahon chempionatiga chiqishi birmuncha murakkablashadi. Saudiya Arabistoni yana o‘z maydonida o‘ynaydi va bu safar Xitoyni qabul qiladi. Ummon esa Vetnam bilan kuch sinashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH saralash. Ertaga Osiyo jamoalari 4-turni o‘tkazadi