13:41 / 12.10.2021
1 100

Rustam Ashurmatov: "Kuchli yoki kuchsiz raqiblarni tanlash noto‘g‘ri, har bir o‘yinga munosib tayyorlanamiz"

Rustam Ashurmatov: "Kuchli yoki kuchsiz raqiblarni tanlash noto‘g‘ri, har bir o‘yinga munosib tayyorlanamiz"
Iordaniyaning Amman shahrida yig‘in o‘tkazayotgan milliy terma jamoamiz dastlabki o‘yinda Malayziyani 5:1 hisobida dog‘da qoldirganini bilasiz.

Bugun vakillarimiz ikkinchi o‘yin sifatida Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi. O‘FA matbuot xizmati Iordaniyadagi yig‘in xususida iqtidorli himoyachi Rustam Ashurmatovning fikrlarini taqdim etdi.

- Birinchi marta yangi murabbiy bilan mashg‘ulot o‘tkazyapman. To‘g‘ri, yangiliklar bor. Lekin terma jamoada birinchi marta bo‘lmayotganim uchun jamoadoshlarim bilan yaxshi munosabatdaman va yangi murabbiyga ham ko‘nikib boryapmiz.

Bu yerda birinchi marta kelgan yangi o‘yinchilar ham bor. Shular bilan birgalikda murabbiyga moslashishga va o‘yin uslubini o‘rganishga harakat qilyapmiz. Hozirda o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazyapmiz. Kuchli yoki kuchsiz raqiblarni tanlash noto‘g‘ri bo‘ladi. Malayziyami, Iordaniyami, har bir o‘yinga munosib tayyorgarlik ko‘rib, yaxshi o‘tkazishga harakat qilamiz.

Terma jamoa yoshardi. Ammo ko‘pi bilan yoshimiz teng bo‘lgani uchun ichki muhit juda yaxshi. Sababi, oldingi yoshlar terma jamoasida ham ko‘pchiligi bilan birga o‘ynaganmiz
, - dedi Ashurmatov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rustam Ashurmatov: "Kuchli yoki kuchsiz raqiblarni tanlash noto‘g‘ri, har bir o‘yinga munosib tayyorlanamiz"