07:30 / 16.10.2021
1 354

Rasman! UYEFA Mbappening goli ofsayddan urilganini ma’lum qildi

Rasman! UYEFA Mbappening goli ofsayddan urilganini ma’lum qildi
Xabaringiz bor, bir necha kun avval UYEFA Millatlar ligasi finali doirasida Ispaniya - Fransiya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda fransuzlar raqibdan 2:1 hisobida ustun keldi.

Mazkur uchrashuvning 80-daqiqasida Kilian Mbappe jamoasining ikkinchi golini urgandi. Bu epizod bo‘yicha so‘nggi kunlarda ko‘p bahs munozaralar bo‘ldi. Sababi, 22 yoshli hujumchi gol bo‘lgan vaziyatda ofsayd holatida edi. Biroq "qizil furiya" himoyachisi Erik Garsiya to‘pga biroz tegib ketganligi sababli, bosh hakam golni inobatga oldi.

Bugun UYEFA o‘z saytida ushbu gol ofsayd holatidan urilganligini tasdiqladi. Lekin bu qaror o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ya’ni, chempionlik maqomi "uch ranglilar"da qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Rasman! UYEFA Mbappening goli ofsayddan urilganini ma’lum qildi