«Shu ikki yulduzni olmasak bo‘lmaydi» – «Real»ning asosiy nishonlari

«Shu ikki yulduzni olmasak bo‘lmaydi» – «Real»ning asosiy nishonlari
«Qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres muxlislarni ikkita yulduzni xarid qilish orqali xursand qilmoqchi.

Klub rahbariyati yozda birinchi galda Kilian Mbappe transferini hal qilish bilan shug‘ullanadi. Fransiyalik hujumchi PSJdan ketishga qaror qilgan. Uni olmoqchi bo‘lgan jamoalar futbolchining o‘zi bilan kelishib olishi talab etaladi. Mbappening o‘zi «Real»da o‘ynash niyatida ekani madridliklarning imkoniyatini oshiradi.

«Qaymoqranglilar» yana bir fransiyalik futbolchi – Pol Pogbani ham erkin agent sifatida safiga qo‘shib olishi mumkin. «Manchester Yunayted» rahbariyati futbolchisini hali yangi bitimga ko‘ndira olgani yo‘q.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar