O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov bo‘limlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti rahbariyatga taqdim etildi va keyingi rejalar muhokama qilindi.
Terma jamoalar bo‘limiga yangi tayinlangan mutaxassis Usmon Toshev terma jamoalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar haqida to‘xtaldi. Assotsiatsiya rahbari hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yanada kuchaytirish talabini qo‘ydi. Bolalar va o‘smirlar futbolidagi vaziyatlarni jiddiy tahlil etish, muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, turnirlar ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish, seleksiya ishlarini yuqori darajaga olib chiqish borasida topshiriqlar berildi. Shuningdek, ayollar futboliga ham alohida to‘xtalib, yechimini kutib turgan masalalar yuzasidan takliflar bildirildi.
Yig‘ilish davomida futbol agentlari faoliyatini tartibga solish, 2022 yilda O‘zPFL musobaqalarini yuqori saviyada o‘tkazish, keyingi yilgi reglamentda klublarga qo‘yiladigan talablar, xususan, maydonlarni o‘yinlarga tayyorlash va tashkilotchiilk yuzasidan tavsiyalar berildi.
Abdusalom Azizov har bir yo‘nalish bo‘yicha ishlarni tizimli va sifatli tashkil etish, o‘zbek futboliga nojo‘ya ta’sir qiluvchi holatlarni yo‘qqa chiqarish bo‘yicha qat’iy talablar qo‘ydi. Bo‘limlarning ish rejalari ko‘rib chiqilib, kerakli tavsiyalar berildi va aniq vazifalar belgilandi.
O‘FA matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi