2 668
OCHL chorak final. Masharipov "avjiga chiqqan" bahsda "Al-Nassr" yarim finalga yo‘l oldi

Osiyo chempionlar ligasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan "Al-Vahda" hamda "Al-Nassr" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda saudiyaliklar 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Riyodliklar safida harakat qilayotgan Jaloliddin Masharipov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va o‘z nomiga bitta assit hamda ikkita gol yozdirib qo‘ydi. Legionerimiz o‘yinni to‘liq o‘tkazdi.
OCHL, Chorak Final
"Al Vahda" - "Al Nassr" 1:5
Gollar: Abdurazzak Hamdallah 7', Jaloliddin Masharipov, Abdulfattah Asiri 56', Jaloliddin Masharipov 65', Sami Al-Najei 75', Ismoil Matar 90'
Shu tariqa, "Al-Nassr" yarim finalga yo‘l oldi. Saudiya klubi "Persepolis" va "Al-Hilol" jamoalari bellashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar