“Navbahor” – “Bunyodkor” (2:1) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov ishtirok etdi.
- O‘yin juda jangovar tarzda o‘tdi. Shunday bo‘lishi kutilgandi. O‘zim futbol o‘ynab yurgan paytimda ham Namanganda o‘yin shunday o‘tishini bilardim. "Navbahor"ni va muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman.
- Farruh Ikromovning sog‘lig‘i yaxshi, Italiyaning Rim shahrida operatsiyani o‘tkazib, qaytib keldi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga ushbu jarrohlik amaliyotini o‘tkazishda bergan yordami uchun rahmat aytaman. Bugun ikkinchi bo‘limda gol urganimizdan keyin tajribali futbolchilarimiz kamligi ta’sir o‘tkazdi, deb o‘ylayman. Bu hayot, bu sport, shunday xatolar sababli futbolchilar o‘sishga erishadi. Yigitlarga rahmat aytaman. Sportda xatolar uchrab turadi.
- Xudoga shukr, moliyaviy masalalar hal bo‘lyapti. Rahbarimiz futbolga juda qiziqadilar, jamoadan xabar olib turadilar. Lekin yil boshida futbolchi ololmadik, shu bois, asosan akademiyadan chiqqan yoshlar bilan o‘yin o‘tkazishga majbur bo‘ldik. "Bunyodkor" o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘yadi, shuning uchun tarkibga kuchli futbolchilarni jalb qilish kerak. Keyingi mavsum endi hammasi yaxshi bo‘ladi, degan umiddaman. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi