21:19 / 17.10.2021
2 172

Viktor Kumikov: "Nihoyat..."

Viktor Kumikov: "Nihoyat..."
Superliganing 22-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" – "Andijon" (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov o‘z fikrlarini bildirdi.

"Nihoyat, bitta o‘yinda ikkita gol ura oldik, bu – yaxshi, ammo ikkita gol o‘tkazib yubordik, bu – yomon. Kamiga oddiy vaziyatlardan gol o‘tkazdik, ayniqsa, birinchi gol. Ikki raqib olti nafar futbolchimizga qarshi o‘ynab, to‘p kiritdi.

Afsuski, vazifaning faqat bir qismini bajara oldik, gollar urdik. Gol o‘tkazmaslikni bajara olmadik. Bunday maydonlarda bizga o‘ynash qiyin, sababi Andijondagi maydon sifati boshqacha. "Lokomotiv" maysasida to‘p juda tez harakatlanadi va mezbonlar yana gol urishi mumkin edi.

Agar musobaqa jadvalidagi holatimizni inobatga olmasak, durang balki yomon natijamasdir, ammo g‘alaba qozonsak, zo‘r bo‘lardi", – dedi Viktor Kumikov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Viktor Kumikov: "Nihoyat..."