23:49 / 17.10.2021
2 121

Islom To‘xtaxo‘jayev: "O‘yinni jamoalar emas, hakamlar hal qilganidan keyin alam qiladi. To‘p qo‘limga tegmadi"

Islom To‘xtaxo‘jayev: "O‘yinni jamoalar emas, hakamlar hal qilganidan keyin alam qiladi. To‘p qo‘limga tegmadi"
Foto: championat.asia
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi kecha Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo‘ldi. Murosasiz kechgan bahsda Hamidjon Aktamov shogirdlari ortga 2:4 hisobida mag‘lubiyat bilan qaytishdi.

Mazkur uchrashuvdagi hakamlik, ular yo‘l qo‘ygan xatolar ayni paytda muhokama markazida bo‘lib turibdi. Ayniqsa "Qizilqum" darvozasiga belgilangan ikkita penalti borasida bahs-munozara to‘xtayotgani yo‘q. Hususan o‘yinning 37-daqiqasida hakam tomonidan "Paxtakor" darvozasi tomon belgilangan penaltida to‘p Islom To‘xtaxo‘jayevning qo‘liga tegdi, deb topildi. Takroriy vaziyatlar bu borada qaror xato ekanligini ko‘rsatyapti. Barchasiga aniqlik kiritish maqsadida tajribali himoyachiga yuzlandik.

- Ushbu uchrashuvda "Paxtakor" chempionlikni rasmiylashtirishi taxmin qilingandi. G‘alaba uchun bor kuchlarini ishga solishlari aniq edi. Shunday ekan "Qizilqum" bu o‘yinga qanday ruhda keldi?
- Biz ham faqat g‘alabani ko‘zlagan holda maydonga tushgandik. Darvozamizga belgilangan ikkinchi penalti jamoamizni ruhan sindirib qo‘ydi. Chunki bunday pallada yo‘q joydan penalti belgilangandan keyin o‘yinga qaytish ruhan juda qiyin.

- O‘yindan keyingi matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov hakamlik haqida keskin fikrlarni bildirdi. Sizning munosabatingiz qanday? Hakamlik bilan bog‘liq bunday holatlar futbolimiz saviyasiga qay darajada ta’sir qilmoqda?
- Albatta. Bahsdan so‘ng barcha asabiy holatda edi. Bir tomondan alam qiladida. Uchrashuvga shuncha vaqt tayyorgarlik ko‘rasiz. Jamoada faqat futbolchilar emas, boshqa ishchilar ham bor. Shifokorlar, ma’murlar va hokazo. Ular ham oila boqishi kerak. Uchrashuv taqdirini jamoalar emas, hakamlar hal qilgandan keyin shundayda. Mayli, o‘yinni boshqargan hakam yosh, deb umid qilib qolamiz. O‘yinlar orqali tajriba to‘plab yaxshi saviyadagi hakam bo‘lsin.

- Keling barchasini ochiq-oydin aytsangiz, o‘sha vaziyatda to‘p qo‘lingizga tegdimi?
- To‘p tizzaga emas, tovonimga tegdi. Menimcha hakam qo‘li bilan qaytardi, deb o‘yladi. Aslida bu yordamchi hakam ko‘rishi kerak bo‘lgan nuqta sanaladi. Ko‘pchilik oyog‘idan so‘ng qo‘liga tegdi demoqda. Oyog‘imga tekkandan keyin ham qo‘limga tegmadi. Futbolda bo‘lib turadigan holat. Shunisi bilan ham qiziq. Balki VAR bo‘lganida hakamlarga osonroq kechardi.

- Bu yilgi Superliga mavsumi oxirlab bormoqda. Mavsum o‘rtasidagi zerikarlilik va tempning pasaygani nima bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin? Mavsum yakuniga yetish arafasida xulosalar yuzaga kelishi tabiiy...
- Oxirgi turlar final maqomida o‘tadi, desam yanglishmayman. Buyog‘iga oddiy o‘yinlar bo‘lmaydi. Bilmadimu, chempionatimiz saviyasi yildan-yilga tushib borayotganga o‘xshaydi.

- "Qizilqum" o‘yinida taktik rang baranglik ko‘zga tashlanmoqda. Jamoada tajribali futbolchilar ko‘p. Klubning egallab turgan o‘rni haqida nima, deya olasiz?
- Albatta bu Hamidjon Aktamov boshchiligidagi murabbiylar shtabining mehnati mahsuli. Menimcha jamoamizdagi tajribali futbolchilar bilan egallab turgan o‘rnimiz o‘zimizga yarashmaydi.

Abdulaziz Iskandarov

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Islom To‘xtaxo‘jayev: "O‘yinni jamoalar emas, hakamlar hal qilganidan keyin alam qiladi. To‘p qo‘limga tegmadi"