07:19 / 18.10.2021
1 424

A Seriya. Markaziy bahsda "Yuventus" g‘alaba qozondi

A Seriya. Markaziy bahsda "Yuventus" g‘alaba qozondi
Italiya A Seriyasi 8-turining markaziy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "Yuventus" o‘z maydonida "Roma"ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 16-daqiqasida Moyze Kin hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim so‘nggida "bo‘rilar" oradagi farqni yo‘qqa chiqarishi mumkin edi, biroq Veretu penaltidan foydalana olmadi.

Legionerimiz Eldor Shomurodov 81-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, hakam tomonidan ogohlantirildi.

Yuventus – Roma 1:0 (1:0, 0:0)
Gol
: 1:0 – 16 Kin.
Yuventus – Shchensni, Danilo, Kellini, Bonuchchi, De Shilo (Aleks Sandro, 88), Kuadrado, Lokatelli, Bentankur, Kin (Morata, 71), Keza (Kulusevski, 71), Bernardeski (Artur, 76).
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Rojer, Vinya, Mxitaryan, Veretu (Shomurodov, 81), Kristante, Pellegrini, Dzanolo (El-Shaaravi, 26), Abraxam.

Ogohlantirishlar: Shchensni (41), Abraxam (45), De Shilo (49), El-Shaaravi (70), Shomurodov (85), Danilo (87), Manchini (89), Karsdorp (90).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. Markaziy bahsda "Yuventus" g‘alaba qozondi