09:00 / 18.10.2021
1 017

Kanchelskis: Ular terma jamoaga futbolchi olish uchun pul undirgan!

Kanchelskis: Ular terma jamoaga futbolchi olish uchun pul undirgan!
“Navbahor”da bosh murabbiy bo‘lib ishlagan Andrey Kanchelskis sobiq Ittifoq terma jamoasi bosh murabbiyi Anatoliy Bishoves va Rossiya terma jamoasi sobiq ustozi Stanislav Cherchesov haqida keskin gaplarni aytdi.

Andrey Kanchelskis jurnalist Gennadiy Orlovga bergan intervyusida terma jamoa murabbiylari o‘yinchilardan pul undirgan holatlar bo‘lganini ochiq aytdi.

- Bunaqa vaziyat bilan to‘qnash kelganmanmi? To‘g‘risini aytsam, ha. Bunaqa sobiq Ittifoq futbolida ham bo‘lgan. Bishoves shu ishga qo‘l urgan. Cherchesov ham shunday qilganiga aminman, agentlar unga pul to‘lagan. Hamma murabbiy ham shu ishni qilgan deyolmayman, lekin bu gapda haqiqat bor, - deydi Andrey Kanchelskis.

Anatoliy Bishoves 1990-1992 yillar, keyinchalik 1998 yilda terma jamoani boshqargan. Stanislav Cherchesov esa 2016 yildan 2021 yilning yarmigacha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Kanchelskis: Ular terma jamoaga futbolchi olish uchun pul undirgan!