11:11 / 18.10.2021
1 476

Boks. Qozog‘istondagi xalqaro turnirda 7 ta oltin medal qo‘lga kiritildi

Boks. Qozog‘istondagi xalqaro turnirda 7 ta oltin medal qo‘lga kiritildi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolari Qozog‘iston Respublikasi Aksay shahrida o‘tkaziladigan "Duslik" xalqaro turnirda ishtirok etishdi.

Ushbu xalqaro turnirda 2006-2007 yillarda tavallud topgan bokschilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilib, 7 ta oltin, 2 ta kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:

Oltin:
-46kg: Ilhom Ergashev
-48kg: Nodir Allaberganov
-57kg: Akbar Ahmadov
-63kg: Hojiakbar Kudratov
-70kg: Abduqodir Taxli
-80kg: Raxmonjon Qodirov
+80kg: Asilbek Ishmurodov

Kumush:
-52kg: Farrux Rahmatullayev
-63kg: Sardor Dilolov

Murabbiy Ramzjon Axmedov musobaqaning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etildi. Hamyurtimiz Maruf Urdushev turnir davomida hakam sifatida faoliyat olib bordi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks. Qozog‘istondagi xalqaro turnirda 7 ta oltin medal qo‘lga kiritildi