21:55 / 19.10.2021
1 957

"Li Man" bosh murabbiyi Chan Xiu Ming: "Biz hech narsadan qo‘rqayotganimiz yo‘q"

"Li Man" bosh murabbiyi Chan Xiu Ming: "Biz hech narsadan qo‘rqayotganimiz yo‘q"
OFK kubogi Interzonal finalidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Li Man" uchrashuvidan oldin matbuot anjumani tashkil qilindi. Matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Chan Xiu Ming ishtirok etdi.

"Avvalambor assalomu aleykum. Sizlarni ko‘rib turganimizdan xursandmiz. Hozirgi pandemiya sharoitida Qarshi shahriga yetib kelish uchun 2 kun vaqt sarfladik. "Nasaf" kuchli jamoalardan biri. Ular o‘z maydonida va muxlislari qarshisida to‘p tepadi. Biz ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rib keldik. Maydonga har doim g‘alaba uchun chiqamiz", - deydi Chan Xiu Ming.

"Jamoamiz ertangi o‘yinga tayyor. Nasib qilsa yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz", - deydi futbolchi Ngan Lok Fung.

- "Nasaf" jamoasini qay darajada o‘rgandingiz?
- Raqib yaxshi shakllangan jamoa. Qanotlardan keskin hujumlar tashkil qiladi. O‘zbekiston Superligasida kuchli o‘yin ko‘rsatmoqda. Ertaga g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Jamoa oldiga OFK kubogi va ichki chempionatda qanday maqsadlar qo‘yilgan?
- Jamoamiz juda yosh jamoa. Tashkil topganiga 4 yil bo‘ldi. OFK kubogida ilk bor ishtirok etmoqdamiz. Lekin biz hech narsadan qo‘rqmaymiz. Milliy terma jamoa a’zolari ham ko‘pchilikdan iborat. Oldimizga doim chempionlikni maqsad qilib qo‘yamiz.

- "Nasaf" xalqaro maydonda juda ham tajovuzkor o‘yin ko‘rsatadi. Ertaga ham o‘z maydonida o‘ynaydi. Vaziyatga real baho bersak "Li Man" ertaga ikkinchi raqam ostida o‘ynaydimi yoki hujumkor futbol ko‘rsatishga jamoaning imkoniyatlari yetadimi?
- Biz ikki kun yo‘l yurib keldik. Lekin hozir normal holatdamiz. O‘yinga tayyormiz, deya olaman. O‘yin davomida ko‘rsatamiz.

- O‘zbek futboli haqida qanday ma’lumotga egasiz?
- O‘zbekiston haqida nima deyishim mumkin? Ko‘rinib turibdi shaharlar chiroyli. Vaziyat yaxshi bo‘lib ketganda kelib yana bemalol ko‘rishim mumkin. Chunki mehmonxonadan tashqariga chiqqanimiz yo‘q. FIFA reytingiga qarasak ham O‘zbekiston bizdan yuqorida. Futbolchilaringiz agressiv harakat qiladi.

- Qarshiga o‘zingiz istagan tarkib bilan yetib keldingizmi? Jarohatlar va yo‘qotishlar borasida ma’lumot bera olasizmi?
- Jiddiy jarohat olgan futbolchilarimiz yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Li Man" bosh murabbiyi Chan Xiu Ming: "Biz hech narsadan qo‘rqayotganimiz yo‘q"