«Bunyodkor» futbol jamoasi o‘yinchisi Farrux Ikromov tizzasidan jarohat olib, Italiyada jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi. Ikromov Italiya chempionatida o‘ynayotgan eng yaqin do‘sti Eldor Shomurodov haqida mashhur italyan gazetasi «La Gazzetta dello Sport»ga intervyu berdi.
«17 yoshimda vatanimizdagi eng muhim jamoalardan biri «Bunyodkor»ga keldim. O‘shanda asosiy tarkibga kirishimda Eldor ko‘p yordam bergan. Uni ko‘rgani tez-tez borardim, bu unga malol kelmagan. Aksincha hamisha yordamini ayamagan», deydi Ikromov Eldor bilan do‘stligi haqida gapirarkan.
Uning ta’riflashicha, Shomurodov futbolchi sifatida o‘ziga juda talabchan, hech qachon taslim bo‘lmaydi.
«U har doim qayerda gol urishni juda yaxshi biladi. Mana ko‘rasizlar, uning gollari «Roma»ni Chempionlar ligasiga qaytarishda hal qiluvchi bo‘lib xizmat qiladi», deydi Farrux. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi