
Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha JCH—2021 bahslarining 2-kungi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
-51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘stmatov 1/8 finali doirasida qozog‘istonlik Saken Bibossinov bilan bahs yuritdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan bahsda Bibosinov hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Shu tariqa ma’lum muddatli tanaffusdan keyin havaskor boksga qaytgan Do‘stmatov Jahon chempionatini erta tark etdi.
25 oktabr kuni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev irlandiyalik raqibini yengib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 26 oktabrda Odiljon Aslonov jangsiz 1/16 finalga yo‘l oldi.
Hasanboy Do‘stmatovBoks ChempionatiBelgrad ShahridaQozog‘istonlik RaqibHakamlar QaroriTeng Kurashlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar