18:56 / 27.10.2021
1 276

Timur Kapadze: "Bunday o‘yinlar orqali bosimni yengib o‘tishni o‘rganish kerak"

Timur Kapadze: "Bunday o‘yinlar orqali bosimni yengib o‘tishni o‘rganish kerak"
Bugundan e’tiboran poytaxtimizda 2022 yilgi U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichining "D" guruh uchrashuvlariga start berildi.
Ilk turdan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston (2:2) uchrashuvidan so‘ng O‘zbekiston U-21 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Birinchi navbatda yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ikki jamoa yomon o‘yin ko‘rsatmadi, deb o‘ylayman. Yigitlar yaxshi harakat qilidi. Saudiya Arabistoning har tomonlama munosib raqibligini bilar edik. Qayerdadir xatolar va kamchiliklar bo‘ldi. Qaysidir ma’noda bu narsa kerak edi. Ularning ustida ishlab navbatdagi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz",- deydi Timur Kapadze.

- Ayrim pallalarda futbolchilarga tezkorlik va agressivlik yetishmagandek ko‘rindi...
- Raqib jamoa ham qarshilik ko‘rsatdi. Ikki jamoada ham qarshi hujumlarda imkoniyat yuzaga keldi. Chunki bo‘shliqlar yuzaga kelganida tezlikni ishga solish kerak bo‘ladi. Jamoaviy hujumda tezlik ikkinchi planga, o‘yinni tashkil qilish asosiy planga chiqadi. Ayrim vaziyatlarda futbolchilar o‘yin ritmidan tushib ketgandek bo‘ldi. Hayajon bilan ham bog‘lash mumkin. Lekin men muammo ko‘rayotganim yo‘q.

- Jamoaning himoyadan chiqishida muammolar ko‘zga tashlanmoqda. Bu narsa "Olimpik"da ham ro‘y beryapti. Bunga qanday izoh bera olasiz?
- Biz harakat qilmoqdamiz. Ko‘p vaziyatlarda individual xatolar bo‘lyapti. Bundan cho‘chiyotganimiz yo‘q. Hozirgi xato bizga o‘z ustimizda ishlashimiz uchun turtki bo‘lyapti. Buni yo‘qqa chiqara olamiz. O‘yinni tahlil qilamiz. O‘ylaymanki futbolchilar yanada kuchliroq bo‘ladi.

- Bugun darvozabon Vladimir Nazarov golda oddiy xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘pga chiqib kelishlarda kamchiliklari bor ekan. To‘g‘ri asosiy darvozabon Abduvohid Ne’matov jarohat olgan. Lekin bu yosh toifasida kuchliroq darvozabon yo‘qmi?
- Zaxiramizda yana 2ta darvozabon bor. Hammasiga imkoniyat beramiz. Bitta u emas, ko‘p futbolchilar xato qildi. Uchrashuvning hayajon va mas’uliyati borligi ham ta’sir o‘tkazdi. Mashg‘ulotda o‘n marotaba tepsa, barchasini qaytaradi. Bosimdan bunday o‘yinlar orqali chiqib ketishni o‘rganish kerak. Gol bo‘lgan vaziyatda texnik xato qildi. O‘ziga nisbatan ishonchsiz o‘ynadi. Ularning kelajagi porloq. Keyinchalik qanday o‘sishiga ko‘p narsa bog‘liq.

- Jamoada yaqqol ajralib turadigan futbolchilar Xojimat Erkinov, Jasur Jaloliddinov 90 daqiqa o‘ynashga tayyormi? Ularni ertaroq almashtirishingizni sababi nimada?
- Xojimat Erkinov yaxshi formada emas. Klubida ham aksariyat hollarda zaxiradan maydonga tushmoqda. O‘yin ritmiga kirishib ketishda muammolari bor. Shu bois ertaroq almashtirdik. Uning kuchini yaxshi bilamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "Bunday o‘yinlar orqali bosimni yengib o‘tishni o‘rganish kerak"