Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining 5-kungi bahslari 29 oktabr, juma kuni bo‘lib o‘tmoqda.
-52 kg vazn toifasida amaldagi Jahon chempioni Shahobiddin Zoirov serbiyalik Tamir Galanovga qarshi ringga ko‘tarildi. Uchala raundda ustunlikka erishgan Zoirov raqibini 5:0 hisobida yengdi va keyingi bosqich yo‘llanmasini hal qildi.
Eslatib o‘tamiz, 28 oktabr kuni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev falastinlik raqibini mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi, amaldagi jahon chempioni Mirazizbek Mizaxalilov amerikalik bokschiga mag‘lub bo‘lib, o‘z ishtirokini yakunladi, 27 oktabr kuni Shohjahon Abdullayev belgiyalik bokschiga qarshi jangda nokautga uchradi.
26 oktabr kungi bahslarda Saidjamshid Ja’farov slovakiyalik raqibi yengib, keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘lgan bo‘lsa, Hasanboy Do‘stmatov qozog‘istonlik raqibiga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi. Odiljon Aslonov esa jangsiz 1/16 finalga yo‘l oldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi