
Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (-69 kg) faoliyatini olib borayotgan qozog‘istonlik Tursunbay Kulahmet Britaniyada tashkil etilgan boks oqshomida WBC International kamarini Dominikan vakili Xuan Karlos Abreuga qarshi himoya qilishi belgilangan edi. Jang muddatidan oldin yakuniga yetdi. 7-raundda nokdaunga uchragan Kulahmet ikkinchi og‘ir zarbadan yerga quladi va jangda nokaut evaziga mag‘lub bo‘ldi.
Shunday qilib, Kulahmet 5-jangida ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Karlos Abreu (24-6-1, 22 KO) esa WBC International kamari yangi egasiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Kulahmet havaskor boksda hamyurtimiz Isroil Madrimov bilan 2 marta to‘qnash kelib, ularning birida g‘alaba qozongan. U intervyularining birida professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasiga aynan Madrimov borligi uchun o‘tgani va u bilan yana jang qilish istagida ekanini bildirgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar