Yaqinda kelajagi porloq professional bokschimiz Otabek Xolmatovning AQSHdagi g‘alabasi haqida maqola e’lon qilgandik.
AQSHning Gollivud shahrida mashg‘ulot olib borayotgan hamyurtimiz faoliyatini shu yilning avgust oyida boshlaganiga qaramay, qisqa muddat ichida ko‘proq jang o‘tkazib, imkon qadar tezroq reyting ochkolarini jamg‘arib olishga harakat qilyapti.
Bir necha kun oldin AQSHning Tampa shahridagi “Convention Center” arenasida to‘rtinchi jangini nokaut bilan yakunlagan Otabek Xolmatov bir hafta ichida ikkinchi marta katta ringga ko‘tarildi.
Bu gal uning beshinchi to‘qnashuvi Kolumbiyada tashkil etilgan juda katta professional boks kechasi doirasida bo‘ldi. Bu turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan jami 38 nafar professional bokschi navbatdagi reyting janglarini o‘tkazdi.
Qizig‘i shundaki, musobaqa dasturidan o‘rin olgan 19 ta uchrashuvdan 17 tasi muddatidan oldin yakunlandi va nokautlar seriyasini o‘zbek boks maktabi tarbiyalanuvchisi Otabek Xolmatov boshlab berdi.
Otabek faoliyatidagi beshinchi jangini Santyago de Tolu shahridagi “Centro Recreacional Tempo” sport arenasida mezbon bokschi Pablo Gomezga qarshi o‘tkazdi. To‘rt raundga belgilangan jang uchinchi raundda yakunlandi. Pablo Gomez o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Otabekning kuchli zarbasini o‘tkazib yubordi va sof nokaut bilan mag‘lub bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Otabek Xolmatov avvalgi jangini o‘zidan ancha tajribali va pancher bokschi – Dominikan Respublikasi vakili Xuan Gabriel Medinaga qarshi o‘tkazib, kuchli zarbaga ega bokschini ikkinchi raundda chuqur nokautga tushirib qo‘ygandi. Faoliyati davomida bir necha jiddiy janglarda kuchli raqiblar bilan to‘qnash kelgan Medina iste’dodli yosh o‘zbek yigitiga qarshi hech narsa qila olmadi.
Umuman olganda, Otabek Xolmatov dastlabki uchta jangida ham raqiblarini muddatidan oldin taslim qilgan. Iste’dodi va salohiyati mutaxassislar tomonidan yuqori baholanayotgan hamyurtimiz AQSHdagi dabyut jangida mezbon bokschi Marsello Uilyamsga qarshi o‘tkazib, raqibini sof nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratdi va ilk g‘alabasini tantana qilgandi.
Keyinchalik o‘zbek bokschisi ikkinchi uchrashuvda Dominikan Respublikasi vakili Karlos Ovandoga qarshi ringga chiqdi. Keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan bahsda Otabek raqibini texnik nokautga uchratib, bellashuvni muddatidan oldin yakunladi.
Amerikadagi ketma-ket ikki g‘alabadan so‘ng bokschimiz uchinchi jangini o‘tkazish uchun Kolumbiyaga yo‘l oldi. 10 sentabrdagi reyting jangida ham katta ustunligini namoyish qilgan Xolmatov mezbon bokschi Roberto Lopesni chuqur nokautga tushirdi.
Otabek Xolmatov AQSHning “Warriors Boxing Promotions LLC” kompaniyasi vakili hisoblanadi. Mazkur kompaniya bilan Kozimbek Mardonov va Fazliddin Meliboyev kabi bokschilarimiz ham hamkorlik qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Kozim Mardonov “Warriors Boxing Promotions LLC” kompaniyasi shafe’ligi ostida jami uchta jang o‘tkazib, argentinalik bokschilar – Marselo Ruben Morena (23 ta g‘alaba (19 ta nokaut), 19 ta mag‘lubiyat va durang) hamda Abel Nikolas Adriyel (23 ta g‘alaba (5 ta nokaut), 22 ta mag‘lubiyat va uchta durang) ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, uchinchi jangida kutilmaganda amerikalik Rayan Adamsga imkoniyatni boy berdi. Bu to‘qnashuv hakamlaridan ikkitasida hisob-kitoblarida mezbon bokschisiga yutuqni taqdim qilgan bo‘lsa, bittasi Kozim Mardonov zafar quchganini bildirgan.
Fazliddin Meliboyev esa, hali professional ringda debyut qilgani yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi