17:04 / 02.11.2021
1 735

Ivan Boshkovich: "Finalda "Nasaf"dan g‘alaba kutaman"

Ivan Boshkovich: "Finalda "Nasaf"dan g‘alaba kutaman"
Xabaringiz bor, Qarshining "Nasaf" jamoasi 5 noyabr kuni OFK kubogi finalida Bahraynda "Al Muharrak"ga qarshi maydonga chiqadi.
"Ajdarlar" tarixni takrorlashga juda yaqin turishibdi. Bundan roppa-rosa 10 yil avval jamoa Anatoliy Demyanenko murabbiyligida OFK kubogini boshi uzra baland ko‘targandi. O‘sha yulduzli tarkibda yorqin o‘yinlar o‘tkazganlardan biri Ivan Boshkovich hisoblanadi. Bugungi kunda "Bunyodkor" akademiyasida bolalarga murabbiylik qilayotgan Boshkovich finaldan oldin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Umumiy qilib aytsam "Nasaf"dan finalda faqat g‘alaba kutaman. G‘olib nomi bitta o‘yinda aniqlanadi. Futbolchilarning mahorati va sifati bo‘yicha ustunlik ular tomonida, deb o‘ylayman", - deydi Boshkovich.

Guruh bosqichidan keyin barcha uchrashuvlarni o‘z maydonida o‘tkazgan "Nasaf" endilikda mehmonda to‘p tepadi. Boshkovich bu borada nima deydi?
"Safarda to‘p tepish doim qiyin bo‘lgan. "Nasaf"ga oson bo‘lmasligi aniq. Lekin bu - futbol. Unda hamma narsa ro‘y berishi mumkin", - deydi murabbiy.

Bitta bahsdan iborat uchrashuvlarda qaysi jamoa tayyorgarlikni yaxshi o‘tagani asosiy planga chiqadi. Bitta xato ham qimmatga tushishi yoki o‘yin taqdirini hal qilishi hech gap emas. Ivan Boshkovich ham fikrimizga qo‘shilgan holda quyidagicha fikrlarini bildirdi.

"Eng muhimi jismoniy va ruhiy tomondan yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdir. Bunday o‘yinlarda diqqat-e’tiborli bo‘lish eng yuqori darajaga chiqadi. "Nasaf"ga bu borada omad tilayman".

Eslatib o‘tamiz Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari finalga qadar guruh bosqichida "Oloy", "Xo‘jand", "Oltin asr", keyingi bosqichda "Ahal", "Mohun Bagan", "Li Man" kabi jamoalar to‘sig‘ini yengib o‘tdi. "Nasaf" jamoasiga bosh sovrinni yurtimizga olib kelishiga tilakdoshmiz!

Abdulaziz Iskandarov

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ivan Boshkovich: "Finalda "Nasaf"dan g‘alaba kutaman"