Saidjamshid Ja’farov tailandlik bokschiga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi

Saidjamshid Ja’farov tailandlik bokschiga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi
Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati
Belgrad shahri mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining 2 noyabr kungi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

-75 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Saidjamshid Ja’farov 1/4 finalda tailandlik Viparon Jongjoxoga qarshi ringga ko‘tarildi. Saidjamshid ikki raundda ustunlikka erishgandi. Yakunda esa hakamlar 3:2 hisobida tailandlik bokschiga g‘alabani berib yubordi.

Saidjamshid Ja’farov avvalgi bosqichlarda slovakiyalik Lukas Fernetsa, yaponiyalik Yuito Marivaki va ozarbayjonlik Mirsharif Kazimzade ustidan g‘alaba qozonib, 1/4 finalga chiqqan edi.

2 noyabr kuni yana uch nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazadi.

+92 kg: Lazizbek Mullajonov — David Chaloyan (Armaniston) – 20:15 dan so‘ng;
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov — Endi Kruz (Kuba) – 22:55 dan keyin;
-92 kg: Madiyor Saidrahimov — Lyuis Uilyams (Angliya) – 00:40 dan so‘ng.

Avval Hasanboy Do‘stmatov, Shohjahon Abdullayev, Mirazizbek Mirzaxalilov, Shahram G‘iyosov, Shahobiddin Zoirov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Odiljon Aslonov va Nodirjon Mirzahmedov kabi o‘zbekistonlik bokschilar Jahon chempionatini tark etgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar