
AQSHning Nyu-York shahridagi “Armory” sport arenasida tashkil etilgan professional boks kechasida oltita reyting jangi o‘tkazildi.
Shu kuni o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Jonibek Hotamov professional faoliyatidagi birinchi jangida amerikalik Mixal Binumga qarshi ringga ko‘tarildi. Ushbu bahs to‘rt raund qilib belgilangan bo‘lsa-da, oxirigacha davom etmadi.
To‘qnashuvni keskin hujumlar bilan boshlagan Jonibek Hotamov uchinchi bor katta ringga ko‘tarilgan raqibini bir daqiqayu 16 soniyada taslim qildi. Shu tariqa, o‘zbek bokschisi faoliyatini muvaffaqiyatli boshladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.