21:13 / 05.11.2021
1 407

Sekeyra: "Chempionat yakunlangach, uyga ketaman, ammo "Lokomotiv"dan emas"

Sekeyra: "Chempionat yakunlangach, uyga ketaman, ammo "Lokomotiv"dan emas"
"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yin to‘g‘risida fikr bildirdi.

O‘yin haqida
— O‘yin ajoyib ruhda o‘tdi. Ikkala jamoa ham kuchli klub hisoblanadi. O‘ylashimcha, bugun "Lokomotiv" juda yaxshi o‘yin ko‘rsata oldi. Taktik jihatdan jamoa o‘ziga biriktirilgan vazifani a’lo darajada uddaladi. Sababi, "So‘g‘diyona"ning o‘yinlarini ko‘rib chiqdik, analiz qildik, ularga qarshi o‘yin uslubi ishlab chiqdik va bu to‘g‘ri amalga oshirildi, deb o‘ylayman. "So‘g‘diyona"ning 3-o‘rinda ketayotganini hisobga olsak, bugun chiroyli o‘yin guvohi bo‘ldik. Shogirdlarimga ham minnatdorchilik bildiraman, ular bugun bahs namoyish etishdi. Bu g‘alabani faqatgina "Lokomotiv"ga taalluqli kishilarga emas, o‘zbek futbolini yaxshi ko‘radigan barcha muxlislarga bag‘ishlaymiz, chunki ular ushbu haftada zafar qozonishimizda katta yordam berishdi. Menga ko‘pgina futbolga qiziquvchilardan xabarlar keldi, ular men haqimda iliq fikr bildirishdi. Ularga ham alohida minnatdorchilik bildiraman. Albatta, o‘zga yurtda faoliyat yuritish bir kishi uchun juda qiyin. Muxlislarning menga bo‘lgan munosabati qo‘shimcha kuch bag‘ishladi. Men birovni tanqid qilishni, u haqda salbiy gapirishni yoqtirmayman. Faqatgina o‘zbek futboli rivoji yo‘lida yordam bermoqchi edim.

— Temurxo‘ja Abduxoliqovning ahvoli qanday? U birinchi bo‘limda jarohat olib, almashtirildi.
— Temurxo‘janing ahvoli yaxshi, men uni ikkinchi bo‘limda xavf ostiga qo‘yishni istamadim. Menimcha, 3-4 kun ichida salomatligi yaxshilanib, mashg‘ulotlarga qaytadi.

— So‘nggi paytlarda o‘zini ko‘rsatayotgan, hatto terma jamoaga chaqirilgan Azizbek Amonov zaxirada qoldirildi. Bu taktika bilan bog‘liqmi yoki uning o‘yini pasayganmi?
— Taktika bo‘yicha shu narsa rejalashtirilgandi. Shu bois uning o‘yinida muammo yo‘q.

— Qo‘qondagi bahsdan so‘ng Sekeyra jamoadan ketishi haqida gapirgandi. Bu jahl ustida aytilgan gapmi yoki murabbiy mavsum yakunida jamoani tark etmoqchimi?
— Albatta, chempionat yakunlangach, uyga ketaman. Bu "Lokomotiv"dan ketish degani emas, bu haqda muzokaralar olib boriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sekeyra: "Chempionat yakunlangach, uyga ketaman, ammo "Lokomotiv"dan emas"