Ukraina futbolining yorqin yulduzi Andrey Shevchenko bugungi kunda murabbiylik faoliyatini tiklashga harakat qilmoqda. Avvalroq, sobiq hujumchi Ukraina milliy terma jamoasini boshqargan edi.
45 yoshli mutaxassis tez orada “Jenoa” jamoasini qabul qilib olishi kutilmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist Janluka Di Marsio o‘z saytida xabar berdi.
Ayni paytda “Jenoa” mutasaddilari Shevchenko bilan muzokaraning so‘nggi bosqichini o‘tkazmoqda va ular tez orada bir to‘xtamga kelishi kerak. Tomonlar kelisha olganidan keyin Shevchenko Genuya klubini boshqarishi haqida rasman ma’lumot beriladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, genuyaliklar ukrainalik murabbiyga uch yillik bitim taklif qilyapti. Shartnoma 2+1 shaklida ham tuzilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Jenoa” Eldor Shomurodovning Italiya chempionatidagi birinchi klubi hisoblanadi. Hamyurtimiz o‘tgan yili oktabr oyida Genuya jamoasiga qo‘shilib, A Seriyada 31 ta uchrashuvda sakkizta gol urganidan keyin “Roma”ga 17,5 million yevro evaziga transfer qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi