
O‘zbekiston terma jamoasi va "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov bugungi mashg‘ulotlardan oldin intervyu berdi.
- Bo‘lajak raqib Gruziya haqida nima deya olasiz?
- Gruziya Yevropa qit’asi jamoasi hisoblanadi. Shu bois kuchli raqiblardan biri, yaxshi futbolchilarga ega. Biz uchun juda ham foydali o‘yinlardan biri bo‘ladi.
- Faoliyatizda golsiz seriyalar bo‘lgan, so‘nggi turda "Roma" safida gol urdingiz. Bu endi golli seriya boshlanishiga sabab bo‘ladi deb o‘ylaysizmi?
- Hammasi yaratgandan. Har doim gol urish uchun maydonga tushganman. Bundan buyog‘iga ham harakat qilaman.
- Srechko Katanes haqida qanday fikrdasiz?
- Barchasi joyida. Yigitlar bilan ham tezda chiqishib ketdi. Mashg‘ulotlari ham ancha qiziq.
- Iordaniyaga qarshi o‘yin (0:3) muammolarimizni to‘liq ochib berdi desak bo‘ladimi?
- Bunday demagan bo‘lardim, chunki u yerda futboldan tashqari ham muammolar ham bo‘ldi. To‘g‘ri eng yaxshi o‘yinlarimizni ko‘rsata olmadik. Lekin kerakli xulosalar chiqardik. Gruziya bilan umuman boshqacha o‘yin bo‘ladi deb aniq ayta olaman.
- Terma jamoada ham, "Roma"da ham yevropalik murabbiy qo‘l ostida ishlayapsiz. O‘xshashlik va farqli tomonlari nimada?
- Har bir murabbiyning o‘z uslubi bor, farqi bor katta. Lekin terma jamoada terma jamoa uchun, klubda klub uchun harakat qilamiz.
Eldor ShomurodovO‘zbekiston Terma JamoasiRoma KlubiGruziya O‘yinYevropa JamoasiMurabbiy Uslubi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar